Uchrashuvda Rossiya madaniyat vazirining o‘rinbosari Andrey Malishev, O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tojixonov, O‘zbekiston elchisi Botirjon Asadov, shuningdek, ikki davlat madaniyat vazirliklari vakillari ishtirok etdi.
Rossiya madaniyat vaziri Olga Lyubimova quyi qo‘mitaning muntazam yig‘ilishlari har yili qo‘shma ish natijalarini sarhisob qilish va istiqboldagi rejalarni konstruktiv muhokama qilish imkonini berishini ta’kidladi. Avvalgi, uchinchi yig‘ilish 2023 yil 22 may kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan edi.
Uchrashuvda kinematografiya va madaniy merosni asrab-avaylash sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Kino mavzusini davom ettirgan O‘zbekiston Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev rossiyalik sheriklar bilan birgalikda ishlab chiqilayotgan loyihalar haqida gapirdi.
Olga Lyubimova 2025 yilda O‘zbekistonda Rossiya madaniyati kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.
Tadbir yakunida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning Madaniyat bo‘yicha qo‘yi qo‘mitaning IV yig‘ilishi bayonnomasi imzolandi.