Paraosiyo o‘yinlari. Qurbonova oltin medal taqdim etdi, Toshpo‘latovada kumush, Mirzayorovada bronza

Sport 14:55 / 26.10.2023 1155

Para yengil atletikada nayza uloqtirish bahslarida Nurxon Qurbonova 18.95 metr natija bilan turnir rekordini yangiladi va oltin medalga sazovor bo‘ldi. E’tiborlisi, delegatsiya bayroqdori bo‘lgan Qurbonova bungacha yadro uloqtirishda kumush medal keltirgandi. 

T11 klassida 200 metrga yugurishda Asila Mirzayorova marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi va sovrindorlar qatoridan joy oldi. 

Pauerliftingda -67 kg vaznda Qudratoy Toshpo‘latova 116 kg natija bilan kumush medalga ega chiqdi.

Foto: O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi
Foto: O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi
Foto: O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi
Ko‘proq yangiliklar: