O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdi harakatini yo‘lga qo‘yadi

O‘zbekiston 21:27 / 03.05.2024 5306

Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va Italiyaning Arsenale Group kompaniyasi o‘rtasida umumiy loyihalar bo‘yicha yaqin aloqalarni yanada mustahkamlashni nazarda tutuvchi shartnoma imzolandi. Uning doirasida The Samarkand Express sayyohlik poyezdi harakatini 2026 yil oxiridan yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. 

Ta’kidlanishicha, mazkur poyezd «O‘zbekiston temir yo‘llari»ga qarashli korxonalarda quriladi. U 13-15 ta vagondan, 76 ta mehmonga mo‘ljallangan 38 ta kupedan (lyuks, delyuks va superdelyuks) iborat bo‘ladi.  

Poyezdda Toshkent–Xiva yo‘nalishi bo‘yicha sayohatning taxminiy davomiyligi Samarqand va Buxoroda to‘xtash bilan 3 kunni tashkil etadi. Yiliga taxminan 70 dan 90 gacha reyslarni amalga oshirish rejalashtirilgan. 

2023 yil oktyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan BMT Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh Assambleyasi sessiyasida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va Italiyaning Arsenale Group kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekistonda sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memorandum imzolangan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: