OChL. «Navbahor» 90+7-daqiqadagi gol evaziga Eron klubi bilan bahsda kambek qildi

Sport 23:24 / 23.10.2023 23811

Namanganda Eronning «Nassaji Mozandaron» klubiga qarshi o‘tgan o‘yinda hisob birinchi bo‘lim yakunida mehmonlar tomonidan ochildi. Maydon markazida Azimjon Ahmedovning xatosidan keyin Muhammadrizo Ozodiy O‘tkir Yusupov darvozasini ishg‘ol etdi – 0:1.

Ikkinchi bo‘lim boshida zaxiradan maydonga tushgan Oston O‘runov o‘yinda tub burilish yasadi. 74-daqiqada u Iskanderovning uzatmasidan keyin hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 90+7-daqiqada aynan Oston va Jamshidning kombinatsiyasidan keyin eronlik o‘yinchi o‘z darvozasini ishg‘ol etib, Namangandagi stadionni larzaga keltirdi – 2:1.

Shu tariqa, «Navbahor» 3-turdan keyin D guruhida 7 ochko bilan peshqadamga aylanib oldi.

OChL. 3-tur

«Navbahor» - «Nassaji Mozandaron» 2:1

Bosh hakam: Salmon Ahmad Falahi (Qatar);

Gollar: Oston O‘runov 74, Said 90+7 (avtogol)  -  Muhammadrizo Ozodi 44

«Navbahor»: 1.O‘tkir Yusupov, 4.Azimjon Ahmedov (7.Oston O‘runov, 46), 5.Milosh Milovich, 6.Ibrohim Yo‘ldoshev, 10.Jamshid Iskanderov, 13.Filip Ivanovich, 14.Jamshid Boltaboyev, 17.Abror Ismoilov, 19.Doniyor Abdumannopov (77.Asadbek Sobirjonov, 62), 21.Temurxo‘ja Abduholiqov, 22.Igor Golban.

«Nassaji Mozandaron»: 1.Rashid Mazaheri, 3.Vohid Muhammadzoda, 4.Amirmahdi Janmaleki, 5.Said Beigi, 8.Farshid Ismoili (14.Ali Davron, 65), 9.Muhammadrizo Azadi, 11.Mahmud Haydarahmati (6.Mehrdod Abdihanan, 24), 32.Saber Hardani, 77.Muhammad Husseyni, 88.Ismoil Boboi (20.Ahmad Musavi, 65), 96.Muhammadrizo Abbosi (22.Xose Antonio Vilyar, 82)

Chetlatish: Saber Hardani (52).

Ko‘proq yangiliklar: