Shaxmat. Nodirbek Yakubboyev Nodirbek Abdusattorovni mag‘lub etib, «Qatar Masters Chess-2023» g‘olibiga aylandi

Sport 21:50 / 20.10.2023 24887

Qatar mezbonligidagi turnirning finali «o‘zbekcha final»ga aylandi. Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi a’zolari Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yakubboyev 7 ochkodan to‘plab, yakunda g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Qo‘shimcha bahsda reyting bo‘yicha 19-o‘rinda bo‘lgan Yakubboyev Abdusattorovdan ustun kelib, sensatsion tarzda «Qatar Masters Chess-2023» chempionligini qo‘lga kiritdi. U tay-brekda 2:0 hisobida g‘alabaga erishdi.

Qayd etish joiz, Dohadagi turnirda Magnus Karlsen, Anish Giri, Nakamura, Gukesh singari jahonning top-10ligidagi shaxmat ustalari ham ishtirok etgandi. Shunga qaramay, vakillarimiz dastlabki ikki o‘rinni egallagan bo‘lsa, yana bir o‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorov 6,5 ochko bilan 4-o‘rinni egalladi.

Ko‘proq yangiliklar: