Nodirbek Yakubbayev – Prague Chess Festival Challengers g‘olibi
Chexiyada o‘tkazilgan Prague International Chess Festival xalqaro turnirining «Challengers» guruhi bahslari o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Yakubboyevning g‘olibligi bilan yakunlandi.

Foto: Prague Chess Festival Challengers
Nodirbek Yakubboyev taybrekda Jonas Bjyerri ustidan g‘alaba qozonib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. U turnir davomida biror marotaba mag‘lubiyatga uchramagan holda 9 turdan 7 ochko to‘pladi.
Qayd etish joiz, Yakubboyev g‘oliblik bilan birgalikda keyingi yili «Masters» guruhida ishtirok etish imkoniyatini ham qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, Nodirbek yangilangan jahon reytingida 2654 ochko bilan 71-o‘rinni egallab turibdi.