UzAuto Motors sotuvda yo‘q avtomobillarining narxini oshirdi

Iqtisodiyot 08:45 / 18.10.2023 77019

UzAuto Motors kompaniyasi bir qator ommabop avtomobillarning narxlarini oshirdi. Chevrolet.uz saytidagi yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, Lacetti, Damas, Labo va Cobalt modellari narxlari 4,7 mln so‘mdan 9 mln so‘mgacha qimmatlashgan.

Qimmatlashgan komplektatsiyalarning yangi narxlari:  

  • Lacetti L-Style Plus AT: 169 118 000 so‘m (eski narxi – 160 868 000 so‘m);
  • Damas D2 DLX Style Plus: 96 932 000 so‘m (eski narxi – 92 204 000 so‘m);
  • Labo LB2 Plus: 96 370 000 so‘m (eski narxi – 91 669 000 so‘m);
  • Cobalt GS-Style Plus MT: 119 542 000 so‘m (eski narxi – 113 711 000 so‘m);
  • Cobalt GX-Style Plus AT: 141 181 000 so‘m (134 294 000 so‘m).

Eslatib o‘tamiz, kompaniya ommabop modellari sotuvini 8 oylik tanaffusdan keyin shu yil avgust oyi boshida qayta tiklagan, o‘shanda avtosalonlarda kuzatilgan ajiotaj fonida 50 mingdan ortiq avtomobil uchun shartnomalar bir sutka ichida tarqatib bo‘lingani aytilgandi. Keyinroq, 18 sentabr kuni qo‘shimcha shartnoma berish boshlangani xabar qilindi, biroq oradan 2 soat o‘tar-o‘tmas 28 mingta shartnoma tugagani, jarayon esa to‘xtatilgani ma’lum bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: