Havo ifloslanishi inson sog‘lig‘ini qanday qilib yomonlashtiradi?

Jamiyat 13:52 / 09.10.2023 15072

Bugungi kunda aholi zich yashaydigan, kam daromadli hududlarda odamlar ko‘pincha astma, saraton, yurak-qon tomir kasalliklari, diabet va boshqa turli kasalliklardan aziyat chekadi. “Sog‘likdagi bu holatlarga organizmda kuzatiladigan yallig‘lanishning bog‘liqligi bor”, deydi AQSh atrof-muhit epidemiologi Jyeyn Klogerti.

Hafo ifloslanishining insonga ta’siri bo‘yicha o‘tkazilgan yirik tadqiqotga ko‘ra, havo ifloslanishi muhitida doimiy yashash yallig‘lanishni keltirib chiqaradi va sog‘likda turli muammolar yuzaga chiqishiga sabab bo‘ladi. Hozir iqlim o‘zgarishi tufayli ko‘plab yong‘inlar sodir bo‘layotgan, O‘zbekiston sharoitida esa chang bo‘ronlari ko‘tarilayotgan, yo‘llar yoqilg‘i bilan yuradigan mashinalarga to‘la bo‘lgan zamon. Olimlar ifloslangan havoda nafas olish immun tizimiga ta’sir qilishi va tanada yallig‘lanishni keltirib chiqarishini o‘rgandi.

- Toshkentda chang sabab ifloslangan ob-havo

Iflos havo qanday bo‘ladi?

Havoning ifloslanishi – turli xil manbalardan kelib chiqadigan turli o‘lchamdagi va tarkibdagi gazlar va zarralarni o‘z ichiga oladi. Buning tarkibiga zavod va mashinalarda ishlatiladigan yoqilg‘i va gaz zarralari yoki o‘rmon yong‘inlari, vulqon va qum bo‘ronlari zarralari kiradi.

Sanoat tutunlari

Ifloslangan havo tarkibida oltingugurt dioksidi, ozon, qo‘rg‘oshin kabilar bo‘lishi mumkin. Yoqilg‘ilardan foydalanish zararli kimyoviy moddalar ajralib chiqishiga ham sabab bo‘ladi. Ko‘plab tadqiqotlarga ko‘ra, bunday havoda doimiy nafas olish nafas yo‘llari, yurak-qon tomir kasalliklari, nevrologik muammolar, saraton va erta o‘limning sababchisi bo‘lishi mumkin.

Ifloslangan muhitda yashash insonlarni infeksion kasalliklarga, jumladan, koronavirusga nisbatan ta’sirchan qilib qo‘yadi. 2020 yildan beri olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, qayerda havo ifloslanishi ko‘rsatkichi yuqori bo‘lsa (hatto vaqtincha bo‘lsa ham), o‘sha yerda COVIDʼdan zararlanish, o‘lim va asorat qolishi ko‘rsatkichi yuqoriroq bo‘lgan. 2020 yilning martidan to dekabrgacha olib borilgan tadqiqotda o‘rmon yong‘inlari tutuni kuzatiladigan Kaliforniya, Oregon va Vashington shtatlarida koronavirusdan zararlanish 20 mingtaga ko‘proq, o‘lim holati esa 750 taga ortiqligi aniqlangan.

o‘rmon yong‘inlari sabab tutun ichida qolgan shahar

Organizm qanday zararlanadi?

Iflos havo yallig‘lanishni rag‘batlantiradi. Ifloslanish zarrasi tanaga kirganda tug‘ma immunitet reaksiyasi kuchayadi, bunda yot jismga qarshi kurashish jarayoni sodir bo‘ladi va organizmda yallig‘lanishni keltirib chiqaradigan sitokinlar hamda boshqa molekulalar ishlab chiqariladi. Iflos havo zarrachalari o‘pkaga ham joylashib olishi va u yerda ham yallig‘lanishni hosil qilishi mumkin.

Ifloslanish sabab mikro metal zarrachalari yoki boshqa moddalar qon tarkibiga ham tushib qolishi va ular toksik ta’sirga ega bo‘lishi mumkin.

2021 yilgi tadqiqotga ko‘ra, iflos havoning zarralari va gazlar organizmga kirgach tananing turli qismlarida harakatlanadi. Bu zarralar nafas yo‘llari, qonga va boshqa organlarga kirsa, ular ko‘rsatadigan ta’sir o‘zaro bog‘langan bo‘ladi.

Iflos havo zarrachalari inson o‘pkasida yallig‘lanish hosil qilish davomida hujayralarni zararlaydi va o‘ldiradi. Bu laboratoriyada hayvon hujayralarini o‘rganish jarayonida aniqlangan. O‘lik hujayralar esa o‘z navbatida ko‘proq yallig‘lanishga sabab bo‘ladi. Bundan yetgan zarar, organizmdagi ifloslantiruvchi moddalar va yallig‘lanish natijasida immunitet pasayadi. Immunitet pastligi sabab esa surunkali kasalliklar va nafas yo‘llari infeksiyalari xavfi ortadi.

Ko‘proq yangiliklar: