Prezidentning “O‘zbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Hududlarda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil qilish, hududiy davlat organlari va tashkilotlarning bu boradagi faoliyatini takomillashtirish maqsadida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga ekologiya va “yashil rivojlanish” masalalari bo‘yicha konsultantlar jalb qilinadi;
2025 yil 1 sentabrdan boshlab tuman (shahar) darajasida ekologik pasportlar va ekologik master rejalar hamda hududlarning ekologik reytingini ishlab chiqish va keng jamoatchilikka taqdim etish amaliyoti joriy etiladi.