Lamin Yamal – YeChL tarixida asosiy tarkibda maydonga tushgan eng yosh o‘yinchiga aylandi

Foto: Getty Images
Lamin Yamal Chempionlar ligasi 2-turi doirasida «Barselona»ning «Portu»ga qarshi asosiy tarkibida maydonga tushdi.
Shu tariqa, Yamal Chempionlar ligasi tarixida asosiy tarkibda maydonga tushgan eng yosh o‘yinchiga aylandi. U 16 yosh 83 kunligida YeChLda asosiy tarkibda to‘p surdi.
Bunga qadar YeChLda asosiy tarkibda maydonga tushgan eng yosh o‘yinchi «Anderlext» sobiq a’zosi Selestin Babayaro hisoblanardi. U 16 yosh 86 kunligida YeChLda asosiy tarkibda o‘ynagan edi.
Mavzuga oid

16:38 / 31.01.2025
«Siti» o‘tish o‘yinlaridayoq «Real»ga duch keldi. Barcha juftliklar ma’lum

14:17 / 30.01.2025
YeChLda guruh bosqichi yakunlari: «Siti»ni o‘tish o‘yinlarida «Real» yoki «Bavariya» kutadi

19:18 / 29.01.2025
«Siti» va «PSJ» pley-offsiz qolishi mumkin. YeChLning so‘nggi turidagi asosiy intrigalar

16:09 / 31.10.2024