O‘zbekiston to‘y marosimlari turizmi sohasini rivojlantirmoqchi
Dehlida O‘zbekistonning to‘y marosimlari turizmi bo‘yicha salohiyati taqdimot etildi.

Foto: Dunyo AA
O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi tomonidan Hindistonning ommabop Travel Jingles jurnali bilan hamkorlikda sayyohlik salohiyati taqdimoti o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Hindistonda bugungi kunda sohaning yangi yo‘nalishi – oilaviy tantanalar, jumladan, to‘y marosimlari turizmi izchil rivoj topmoqda. Hindistonliklar orasida bunday tadbirlarni xorijiy mamlakatlarda o‘tkazishga bo‘lgan qiziqish katta. Anjuman doirasida mamlakat to‘y marosimlari turizmi bo‘yicha salohiyati haqida taqdimot o‘tkazildi.
O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida turistik oqim faollashayotgani, xususan, joriy yil ushbu mamlakatdan o‘zbek zaminiga sayohat qilayotganlarning soni o‘zaro munosabatlar tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichga erishilishi kutilayotgani ta’kidlandi.
Tadbirda Samarqand shahrida BMT Jahon sayyohlik tashkiloti (YuNVTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi hamda ushbu yirik voqea doirasida uyushtiriladigan boshqa anjumanlarga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari haqida ham so‘zlab berildi.
Diplomatiya missiyasi va Hindiston turistik kompaniyalari vakillari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollariga qaratilgan muzokaralar o‘tkazildi.
Mavzuga oid

16:08 / 31.01.2025
O‘zbekiston va Ozarboyjon ID-kartani o‘zaro tan olish masalasini muhokama qilmoqda

19:33 / 23.01.2025
Shakarob dunyoning eng yomon taomlari reytingiga kiritildi

18:15 / 17.01.2025
Turkiyada soxta oltinning yangi turi tarqaldi

11:58 / 15.01.2025