Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kollej va texnikumlarda ta’lim olayotgan xotin-qizlarga davlat granti ajratiladi
Kollej va texnikumlarga tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlar o‘quv yilining 10 oktyabriga qadar ushbu kollej yoki texnikum direktori nomiga davlat granti asosida o‘qish uchun ariza bilan murojaat qiladi.
Hukumat qarori bilan “Kollej va texnikumlarda qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi kasb (mutaxassislik) bo‘yicha ta’lim olayotgan xotin-qizlarning to‘liq davlat granti asosida ta’lim olish tartibi to‘g‘risida”gi nizom qabul qilindi.
Kollej va texnikumlarga o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlar uchun talab etiladigan davlat granti mablag‘lari respublika budjetidan budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida tizimida kollej va texnikumlar bo‘lgan tegishli vazirlik va idoralarga ajratiladi.
Kollej va texnikumlarga tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlar o‘quv yilining 10 oktyabriga qadar ushbu kollej yoki texnikum direktori nomiga davlat granti asosida o‘qish uchun ariza bilan murojaat qiladi.
Arizalar taalluqliligi bo‘yicha kollej va texnikumlar tomonidan 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi hamda umumlashtirilgan holda, hududlardagi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmalariga taqdim etiladi.
Hududiy bo‘linmalar har yili 15 oktyabrgacha umumlashtirilgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqadi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuboradi.
Vazirlik har yili 20 oktyabrgacha umumlashtirilgan ma’lumotlar asosida davlat granti asosida o‘qish uchun ariza bilan murojaat qilgan xotin-qizlar ro‘yxatini taalluqliligi bo‘yicha tizimida kollej va texnikumlar bo‘lgan vazirlik va idoralarga taqdim etadi.
Vazirlik va idoralar mazkur ro‘yxat asosida xotin-qizlarning davlat granti asosida ta’lim olishlari uchun zarur mablag‘ ajratish yuzasidan har yili 25 oktyabrgacha Iqtisodiyot va moliya vazirligiga murojaat qiladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi 5 ish kuni ichida tegishli mablag‘larni mazkur vazirlik va idoralarga ajratadi.
Kollej va texnikumlar direktorlari 2023/2024 o‘quv yilidan davlat granti asosida ta’lim oladigan xotin-qizlar uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025
Mavzuga oid

13:45 / 19.07.2025
Joriy yil xotin-qizlar uchun 4000 ta grant o‘rni ajratiladi

11:26 / 07.06.2025
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?

09:40 / 16.04.2025
AQSh O‘zbekistonga ajratiladigan grantni bekor qildi

16:57 / 14.04.2025