AQSh O‘zbekistonga ajratiladigan grantni bekor qildi
AQSh davlat kotibi Marko Rubio turli mamlakatlarga 215 million dollarlik 139 ta grantlar ajratishni bekor qildi. Bu haqda Davlat samaradorligi departamenti (DOGE) ma’lum qildi.

Foto: AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi
Bekor qilingan grantlar orasida O‘zbekistonda «fuqarolik ishtirokini rivojlantirish» uchun mo‘ljallangan 2,5 million dollar ham bor.
Bundan tashqari, Birlashgan Qirollikdagi «dezinformatsiyaga qarshi dasturi» uchun 5,2 million dollar, Moldova uchun 2 million dollar, Braziliyada «erkin ishchilar huquqlarini ilgari surish» uchun 1 million dollar, «Belarusda kreativ kontent bilan dezinformatsiya reaksiya bildirish» uchun 2,4 million dollar, Yevropada «Tinchlik va demokratiya uchun mustaqil ommaviy axborot vositalari»ga 1,7 mln dollar bekor qilindi.
Shuningdek, «Ayollar boshchiligidagi adolat va javobgarlikka sezgir gender yondashuvi» loyihasiga 1,5 million dollar, Bolgariya uchun 1,7 million dollar, Mavritaniyada «Ayollar tashkilotchilik uchun birlashadigan joy» loyihasiga 900 000 dollar, Livanda «Migrant uy ishchilari harakatini yaratish» uchun 750 000 dollar, Tunisdagi feministik «So‘z erkinligi tashabbusi» uchun 740 000 dollar ajratilishi to‘xtatildi.
Bundan oldin AQShda Harvardning 2,2 mlrd dollarlik grantlari muzlatib qo‘yilgandi.
AQSh federal hukumati Harvard universitetiga 2,2 milliard dollardan ortiq grantlar va 60 million dollarlik shartnomalarni muzlatib qo‘yadi. Bu haqda AQSh ta’lim vazirligining 14 aprel chop etilgan press-relizida aytildi.
Qayd etilishicha, universitet avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining kampusdagi faollik borasidagi talablarini bajarmasligini bildirgan.
Mavzuga oid

23:45 / 13.05.2025
Tramp AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qilishini aytdi

14:00 / 13.05.2025
So‘rov: AQShning dunyodagi obro‘si Tramp kelganidan keyin tushib ketdi

11:50 / 13.05.2025
AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi

22:02 / 12.05.2025