Turkiya va Meksika orqali AQShga yuborishni va’da qilgan yana bir shaxs ushlandi

Jamiyat 08:11 / 28.09.2023 9169

Samarqand viloyatida Turkiya va Meksika davlatlari orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Departamentning Oqdaryo tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, fuqaro J.T. fuqaro Sh.A.ning ishonchiga kirib, uni 16 000 AQSh dollari evaziga Turkiya va Meksika davlatlari orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborish uchun viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilib, oldindan 7 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: