Tog‘li hududlarda turizm majmualarini tashkil etishga 500 mln dollar investitsiya jalb qilinadi

O‘zbekiston 10:57 1144

Prezidentning “O‘zbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. 

Bosh vazir o‘rinbosari – J.Xo‘jayev, iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari – I.Norqulov, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri – A.Abduhakimov turizm salohiyati yuqori bo‘lgan tog‘li hududlar, suv omborlari va suv havzalari hamda daryo bo‘ylarida “apart-otel”, “kapsula” uylar va shu kabi joylashtirish vositalaridan iborat turizm majmualarini tashkil etishga 500 million dollar miqdorida investitsiyalarni jalb qilish choralarini ko‘radi.

Davlat budjeti mablag‘laridan samarali va oqilona foydalanishda parlament nazoratini yanada kuchaytirish maqsadida:

Hukumatning Davlat budjetiga doir barcha hisobotlarini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Hisob palatasining tashqi audit xulosasi bilan birgalikda kiritish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
Qonunchilik palatasiga investitsiya dasturlari loyihalarini hududlar kesimida tayyorlashda Qonunchilik palatasi deputatlarining fikr-mulohazalarini olish tartibini joriy etish tavsiya etiladi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A.Abduhakimov) davlat ekologiya nazorati va tekshiruvni amalga oshirish tartibini takomillashtirish, Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi faoliyatini samaradorligini tubdan oshirish, ularning xodimlari maxsus vosita va transportlar bilan ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Ko‘proq yangiliklar: