Sergelidagi portlash oqibatida bir kishi vafot etgan
Uning boshiga rom tushib ketgani aytilmoqda.

Foto: Kun.uz
Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi omborxonada ro‘y bergan kuchli portlash oqibatida kamida 1 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda «Gazeta.uz» mahalliy aholi vakillari, tuman hokimligi hamda sog‘liqni saqlash boshqarmasiga asoslanib xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, portlagan ombor yaqinidagi ko‘p qavatli uyda yashagan o‘smir boshiga rom tushib ketishi oqibatida vafot etgan. U tumandagi 305-sonli maktabning 11-sinfi o‘quvchisi bo‘lgan.
Hozircha boshqa qurbonlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.
Jarohatlanganlar soniga ham aniqlik kiritilmagan, ayni vaqtda voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Bundan avvalroq omborxonasida portlash ro‘y bergan Interlogistics korxonasiga egalik qiluvchi Xalqaro logistika markazi (United Cargo Center) omborxonada portlovchi va yonuvchi moddalar bo‘lmagani, portlash oqibatida omborxona xodimlaridan hech kim jabrlanmagani haqida ma’lumot bergandi.
Mavzuga oid

10:23 / 10.03.2025
Toshkentdagi savdo majmualarining birida yong‘in sodir bo‘ldi

21:23 / 09.03.2025
Nyu-Yorkda yong‘inlar sabab favqulodda holat rejimi e’lon qilindi

18:55 / 01.03.2025
Toshkentdagi 9 qavatli uyda yuz bergan yong‘in vaqtida bir kishi o‘zini pastga tashlab halok bo‘ldi

13:49 / 28.02.2025