O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qiluvchi 27 ta sayt bloklandi
Yil boshidan buyon O‘zbekistonda bukmekerlik reklamasi joylashtirilgan 27 ta sayt bloklandi. Ijtimoiy tarmoqlarda xonandalar, sportchilar va blogerlar tomonidan totalizatorlar va bukmekerlik xizmatlarini reklama qilish holatlari bo‘yicha ichki ishlar organlariga 11 ta xat kiritilgan.

Foto: Getty Images
Bukmekerlik xizmatlarni targ‘ib qiluvchi 92 ta veb-saytni bloklash bo‘yicha AOKAga takliflar kiritilgan, shundan 27 ta sayt bloklangan. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ma’lum qildi.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda reklamaga oid qonunbuzilishlarga nisbatan tezkor choralar ko‘rish maqsadida bukmekerlik xizmatlariga oid reklamani targ‘ib qiluvchi saytlarga kirishni bloklash choralari ko‘rilmoqda.
Olib borilgan ishlar natijasida bukmekerlik xizmatlarni targ‘ib qiluvchi 92 ta veb-saytni bloklash bo‘yicha AOKAga takliflar kiritilgan bo‘lib, shundan 27 ta sayt bloklangan.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda xonandalar, sportchilar va blogerlar tomonidan totalizatorlar va bukmekerlik xizmatlarini reklama qilish holatlari bo‘yicha ichki ishlar organlariga 11 ta xatlar kiritilgan.
Bugungi kunda qo‘mita tomonidan reklama beruvchi (tayyorlovchi, tarqatuvchi, buyurtmachi)larni qonun talablariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan turli soha va yo‘nalishda 400 dan ortiq ogohlantirish xatlari berilgan.
Qo‘mita tegishli mas’ul idoralar bilan birgalikda respublikada mavjud tashqi reklama obektlaridagi reklamalarning davlat tili qoidalariga mosligini o‘rganish yuzasidan jami 9 mingdan ortiq monitoringlar o‘tkazgan.
Shundan, 3 mingdan ortiq (35 foiz) reklamalar davlat tili qoidalariga muvofiq emasligi aniqlangan va ularni tezkor bartaraf etish choralari ko‘rilgan.
Mavzuga oid

14:42 / 05.03.2025
Reklama qonunchiligini buzgan 30 dan ortiq korxona jarimaga tortildi

13:37 / 27.02.2025
Hindistonda erkak film oldidan haddan uzoq reklama qo‘ygan kinoteatrni sudga berdi va yutib chiqdi

15:10 / 13.12.2024
Onkologik kasalliklar davosi haqida reklama joylashtirgan MChJ jarimaga tortildi

09:43 / 14.11.2024