Reklama qonunchiligini buzgan 30 dan ortiq korxona jarimaga tortildi
Raqobat qo‘mitasi Toshkentda reklama qonunchiligini buzgan 30 dan ortiq korxona jarimaga tortilganini ma’lum qildi.
Qonunbuzilish holatlari qo‘mitaning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan 2025 yilning yanvar va fevral oylari davomida reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganish va monitoring ishlari olib borilganda aniqlangan.
Olib borilgan o‘rganish natijalariga muvofiq, hududiy boshqarma maxsus komissiyasi tomonidan Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan 30 dan ortiq xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga, jumladan:
- COCA-COLA ICHIMLIGI UZBEKISTON LTD MChJ XK,
- INTERNATIONAL BEVERAGES TASHKENT MChJ XK (Pepsi),
- MAK FOOD SERVIS MChJ,
- LUMIERI MChJ,
- TURAN MEDIA MChJ,
- OQTEPA FOOD SERVICE MChJ,
- BARATRUM MChJ (SAFIA)ga nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi qonun hamda Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi 104-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomda belgilangan tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibi buzilishi yuzasidan ishlar qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarimalar qo‘llash haqida qarorlar qabul qilingan.
Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berilgan.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Latviya TATU huzurida maxsus maktab tashkil etishi mumkin
O‘zbekiston | 10:50
-
80 gektardan ortiq yer maydoni chiqindi poligonlaridan tabiatga qaytarildi
O‘zbekiston | 10:36
-
Bessent: Ukraina bilan kelishuv AQShga muzokaralarda yordam beradi
Jahon | 10:34
-
Namanganda O‘zbekiston-Qatar kasbiy mahorat markazi ochiladi
O‘zbekiston | 10:14
Mavzuga oid

16:31 / 28.04.2025
Umraga oid reklama qonunchiligini buzganlar jazolandi

14:12 / 19.04.2025
Ommaviy tadbirlar to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtiriladi

23:07 / 17.04.2025
AQSh sudi Googleʼni onlayn reklama bozorida monopolist deb topdi

08:40 / 26.03.2025