Mobil qurilmaning IMEI kodini klonlashtirganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

O‘zbekiston 18:19 / 19.09.2023 6934

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida bir qator qonun loyihalari muhokama qilindi.

Jumladan, «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Deputat Doniyor G‘aniyev so‘zlariga ko‘ra, qonun bilan mobil qurilmaning IMEI kodini o‘zgartirganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi.

«Ushbu qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga mobil qurilmaning xalqaro, o‘ziga xos identifikatsiya kodini yoki abonent qurilmasining identifikatsiyalash modulini qonunchilik hujjatlariga zid ravishda o‘zgartirganlik yoki nusxasini yasaganlik, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik va qonunga xilof ravishda mayning faoliyatini amalga oshirganlik uchun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda», dedi u.

Deputatning ta’kidlashicha, shuningdek, Jinoyat kodeksining 165-moddasiga tovlamachilik jinoyati bilan bog‘liq aniq normalar kiritiladi.

Muhokamalardan so‘ng, qonun loyihasi uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: