Mask X ijtimoiy tarmog‘ini barcha foydalanuvchilar uchun pullik qilmoqchi
Shu tariqa u botlar armiyasiga qarshi kurashmoqchi ekanini aytdi.

Foto: Reuters
Ilon Mask o‘tgan yili sotib olgan X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ini barcha foydalanuvchilar uchun pullik qilmoqchi. Bu haqda u Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan suhbat chog‘ida aytib o‘tdi.
«Kichik miqdordagi oylik to‘lovga o‘tishimizning eng katta sababi shundaki, bu botlarning katta armiyasiga qarshi kurashishning yagona yo‘li», dedi milliarder.
Uning so‘zlariga ko‘ra, botlardan foydalanishning arzonligi sababli ularga qarshi kurashda pullik obuna joriy qilish juda muhim.
U ijtimoiy tarmoqning obuna puli qancha bo‘lishini aniq aytmadi, faqat X rahbariyati «bu kichik miqdor bo‘lishini» xohlayotganini ta’kidladi.
Avvalroq, Mask ijtimoiy tarmoqda verifikatsiyani anglatuvchi ko‘k belgini olish uchun oyiga 8 dollar turadigan pullik obunani joriy etgan edi. Ammo bu Mask umid qilgan mablag‘larning barqaror oqimini ta’minlamadi. Pullik tasdiqlash belgisi joriy etilganidan keyin uch oy ichida Twitter atigi 11 million dollar daromad oldi.
May oyida tadqiqotchi Trevis Braun ijtimoiy tarmoqda 640 mingdan 680 minggacha pullik obunachilar borligini aytdi. Bu platformaga oyiga 5 million dollar yoki yiliga 60 million dollar olib keladi. Maskning o‘zi 2022 yil noyabr oyida Twitter har kuni 4 million dollardan ko‘proq yo‘qotayotganini aytgan edi.
Mavzuga oid

22:28 / 09.03.2025
Yil boshidan beri Ilon Maskning boyligi 100 mlrd dollarga kamaydi

16:11 / 09.03.2025
Ilon Mask ukrainalik 10 nafar oligarxga qarshi sanksiyalar joriy etish taklifini berdi

20:30 / 08.03.2025
Ilon Mask Oq uyda davlat kotibi Marko Rubio bilan janjallashdi – OAV

18:44 / 07.03.2025