Zelenskiy: Ukraina tinchlik uchun o‘z hududlaridan voz kechmaydi

Jahon 13:12 / 18.09.2023 8910

Ukraina tinchlikka erishish uchun Rossiyaga hududiy yon bosmaydi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy aytib o‘tdi.

«Yo‘q. Bu bizning hududimiz», — dedi siyosatchi Amerikaning CBS telekanaliga bergan intervyusida Ukraina o‘z hududlarining bir qismidan voz kechishi mumkinmi, degan savolga javob qaytarib.

Zelenskiy, shuningdek, Ukraina Qurolli kuchlarining hujum sur’ati haqida ham fikr bildirdi. 

Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujumi sekin ketayotganini, biroq Ukraina qo‘shinlari oldinga siljishda davom etayotganini tan oldi. «Bu qiyin vaziyat - men sizga ochiqchasiga etaman. Tashabbus bizda, bu - plyus. Bu juda muhim. Shunga qaramay, harakat juda tez emas. Ammo biz har kuni oldinga intilishimiz muhim», dedi u. 

Ko‘proq yangiliklar: