Sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi

O‘zbekiston 09:44 / 18.10.2024 929

«Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030 yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030 yilga qadar rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi.

Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030 yilga qadar rivojlantirish bo‘yicha erishish lozim bo‘lgan maqsadli ko‘rsatkichlar, shu jumladan:

  • sun’iy intellekt asosida yaratilgan dasturiy mahsulotlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmini 1,5 milliard AQSh dollariga yetkazish;
  • YaIDXP (my.gov.uz) da sun’iy intellekt asosida ko‘rsatilayotgan xizmatlar ulushini 10 foizga yetkazish;
  • sun’iy intellekt yo‘nalishida faoliyat yurituvchi ilmiy laboratoriyalar sonini o‘ntaga yetkazish hamda yuqori quvvatli hisoblash serverlarini ishga tushirish;
  • hukumatning sun’iy intellektga tayyorlik indeksida (Government AI Readiness Index) O‘zbekistonni birinchi 50 ta o‘rindagi davlatlar qatoriga kirishiga erishish.

2025 yil 1 sentabrgacha loyihalar va ilmiy-amaliy tadqiqotlarni zarur ma’lumotlar bilan ta’minlash maqsadida qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq barcha axborot xavfsizligi choralarini ko‘rgan holda «katta ma’lumotlar» bazasi yaratiladi.

Ko‘proq yangiliklar: