“Manzil”: Qoraqalpog‘istonning biz bilmagan ajoyibotlari

O‘zbekiston 16:10 / 17.09.2023 12120

Bu sayohatdan avval Qoraqalpog‘iston deganda ko‘z oldimga qurib borayotgan Orol dengizi va Nukus shahri kelardi xolos. Lekin bu sayohat tasavvurlarni anchagina o‘zgartirib yubordi.

Sayohatimiz davomida Qoraqalpog‘istonning uchta nuqtasini, Sariqqamish ko‘li, Sudochi ko‘llar tizimi va suv sathi yildan yilga pasayib borayotgan Orol dengizini tasvirga oldik.

Cho‘l-u biyobonlar orasida uch kun yo‘l yurib nafaqat O‘zbekiston hududida, balki dunyoning hamma yerida ham uchrayvermaydigan hayvonot olami, o‘ziga xos landshaft va manzaralarga guvoh bo‘ldik.

Yaxshisi bularning barini ko‘rsatuv orqali ko‘rib tomosha qiling.

Ushbu ko‘rsatuv O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlandi.

Tohirjon Tursunov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uchun maxsus

Ko‘proq yangiliklar: