Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moody's xalqaro reyting agentligi Asakabankning uzoq muddatli reytingini "V1"dan "Va3"ga oshirdi
So‘nggi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotida erishilgan yutuqlar, davlat tomonidan amalga oshirilgan islohotlar va ochiqlik siyosatining natijasidir. Mahalliy bank tizimining asosiy ishtirokchilaridan biri hisoblangan «Asakabank» AJ ham ushbu islohotlarda faol ishtirok etib, moliyaviy institut sifatida O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

Foto: Moody's
Bank 27 yillik faoliyati davomida ko‘plab xalqaro moliyaviy institutlar va banklar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yish bilan bir qatorda xalqaro reyting agentliklari bilan ham samarali ishlab kelmoqda.
Ushbu agentliklardan biri bo‘lgan Moody's xalqaro reyting agentligi Asakabank bilan 2008 yildan buyon samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, banklar kredit reytinglarini yillik qayta ko‘rib chiqish doirasida Asakabankning uzoq muddatli bank depozitlari reytingini "V1"dan "Va3"ga va bazaviy kredit reytingini "V3" dan "V2" ga oshirish haqida xulosa berdi, bu esa o‘z o‘rnida “Asakabank” AJning investitsion salohiyati oshishiga asosiy omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Mazkur reyting oshirilishi bankning moliyaviy ko‘rsatkichlari doimiy ravishda yaxshilab borilishi, bank rentabelligini oshirish, muammoli kreditlar ulushini kamaytirish va kapitalning yuqori yetarlilik darajasini saqlab turish bo‘yicha olib borilayotgan doimiy sa’y-harakatlaridan dalolat beradi hamda Asakabankning mahalliy bozordagi hissasi 10% dan ortiq ulushiga to‘g‘ri kelishi, bankning ichki bozorda alohida mavqeiga egaligining yaqqol misolidir.
Bundan tashqari, kredit reytingining yangilanib borishi mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning samarali amalga oshirilayotgani dalilidir.
Ma’lumot o‘rnida: Moody's xalqaro miqyosda tan olingan reyting agentliklaridan biri bo‘lib, 1909 yilda Qo‘shma Shtatlarda tashkil etilgan. Agentlik yirik banklar, kompaniyalar, korporatsiyalarga kredit reytinglarini, shuningdek davlatlarga suveren reytinglarni berish bilan shug‘ullanadi.
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh aeroportlarida tekshiruvdan o‘tishda poyabzal yechish talabi bekor qilindi
Jahon | 18:03
-
Tayvanda Xitoyning ehtimoliy hujumiga qarshi tarixdagi eng katta harbiy mashqlar boshlandi
Jahon | 17:44
-
Turkiyada Erdo‘g‘anni haqorat qilgani uchun Grok sun’iy intellekti bloklandi
Jahon | 17:42
-
Issiq havo Yevropada o‘lim holatlari sonini uch baravarga oshirdi
Jahon | 17:41
Mavzuga oid

18:43 / 14.06.2025
O‘zbekiston xorijiy investorlar tomonidan ishonchli hamkor sifatida qabul qilinmoqda – Saida Mirziyoyeva

22:42 / 13.06.2025
O‘zbekiston o‘zi bilan bir xil reytingga ega davlatlardan qonun ustuvorligi borasida ortda qolmoqda - Moody’s

12:18 / 13.04.2020
O‘zbekistonda koronavirus tufayli amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar iqtisodiy faoliyatga salbiy ta'sir ko‘rsatadi - Moody’s

14:08 / 12.07.2019