Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moody’s O‘zbekiston va MDHdagi boshqa davlatlarda korrupsiyaning naqd pul aylanmasiga ta'sirini baholadi

Foto: Phil Noble / Reuters
Aholi tomonidan naqd va naqdsiz to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarni qo‘llashga mamlakatdagi korrupsiya hamda uning iqtisodiyotidagi dedollarlashuv darajasi ta'sir ko‘rsatadi. Moody’s reyting agentligi tahlilchilari shunday xulosaga kelishdi, deb yozmoqda RBK.
Moody’s gipotezasi shundan iboratki, mamlakatda dollarlashuv darajasi qancha baland bo‘lsa, bunda fuqarolar mahalliy valutada bank kartalari bo‘yicha to‘lovlarni shuncha kam amalga oshiradi. Sababi, odamlar unga ishonmaydi hamda ko‘pincha chet el valutasidagi naqd pul mablag‘laridan foydalanadi.
Korrupsiya bilan ham xuddi shunday - uning darajasi qanchalik baland bo‘lsa, aholida naqd pul shuncha ko‘p bo‘ladi, ular bank kartalaridan kamroq foydalanadi, deya aniqlik kiritgan Moody’s kichik vitse-prezidenti Peter Paklin.
2017 yil yakunlari bo‘yicha Rossiyada kartalar bo‘yicha to‘lovlar aylanmasi 63 foizni tashkil etdi. Keyingi o‘rinlardan Belarus (33 foiz), O‘zbekiston (29 foiz), Qozog‘iston (27 foiz), Moldova (15 foiz), Qirg‘iziston (13 foiz), Ukraina (10%), Ozarboyjon (6%), Tojikiston (1%) va Armaniston (1 foizdan kam) joy oldi.
Korrupsiyani qabul qilish darajasi bo‘yicha O‘zbekiston 100 balldan 29 ball yig‘di. Belarusda eng yaxshi ko‘rsatkich qayd etildi - 44 ball, ammo mamlakatda iqtisodiyotning dollarlashuv darajasi yuqori (oxirgi pog‘onadan uchinchi).
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2 mlrd dollarlik investitsiya, 100 mln tonna neft va 35 mlrd kub metr gaz – SOCAR bilan imzolangan bitim tafsilotlari
O‘zbekiston | 18:25
-
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20
-
Har uch o‘zbekistonlikdan biri pul jamg‘armaydi - so‘rovnoma
Iqtisodiyot | 17:52
-
“Navoiyuran” va NKMK xodimlari uran radioaktiv moddasini sotishga uringani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 17:32
Mavzuga oid

18:43 / 14.06.2025
O‘zbekiston xorijiy investorlar tomonidan ishonchli hamkor sifatida qabul qilinmoqda – Saida Mirziyoyeva

22:42 / 13.06.2025
O‘zbekiston o‘zi bilan bir xil reytingga ega davlatlardan qonun ustuvorligi borasida ortda qolmoqda - Moody’s

23:54 / 13.03.2025
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi

13:20 / 13.03.2025