Yangi iPhone 15 taqdimoti o‘tkazildi. Asosiy yangiliklar

Fan-texnika 08:11 / 13.09.2023 160175

12 sentabr kuni Apple Kupertinodagi shtab-kvartirasida yangi avloddagi ayfon smartfonlari va aqlli soatlari namoyish etilgan keng ko‘lamli taqdimotini o‘tkazdi. Quyida iPhone 15 haqidagi eng qiziqarli ma’lumotlar keltiriladi.

 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Publikatsiya ot Kun.uz (@kun.uz)

 

iPhone ilk bor Lightning emas, USB-C tuynugidan foydalanadi

Barcha yangi modellar — iPhone 15 ham, 15 Plus ham, 15 Pro va 15 Pro Max’da ham — odatdagi Lightning tuynugi o‘rniga USB-C paydo bo‘lgan. Bu ayfonlarning shunday ulagichga ega ilk liniyasidir, kompaniya bunga qadar ulardan iPad va MacBook’da foydalanishni boshlagandi.

Bu sim orqali ma’lumot uzatish tezligi oshirilgan.

OAVning e’tibor qaratishicha, Apple allaqachon Lightning’dan USB-C’ga moslagichni alohida sota boshladi. AQShda uning narxi 29 dollardan.

To‘liq Apple qurilmalaridan foydalanuvchilar uchun vaziyat birmuncha osonroq kechishi kerak — endi ularga kamroq kabel ham yetarli bo‘ladi. Masalan, ikkinchi avloddagi yangilangan AirPods Pro quloqchinlari ham USB-C porti bilan ta’minlangan. Faqat Apple Watch hali ham «tabletka» ko‘rinishidagi quvvatlagichlardan foydalanishda davom etishi mumkin.

Aftidan, bunday o‘zgarishning asosiy sababi — Yevropa Ittifoqi simli quvvatlanadigan mobil qurilmalarni 2024 yil oxiriga qadar universal ulagichga (USB Type-C/USB-C) o‘tish majburiyatini yuklagani bilan bog‘liq.

iPhone 15 pushtirangga ega bo‘ldi. Yangi avlodda ilk bor — «dinamik orol»

Apple’ning oldingi ikki avlodida yorqinroq ranglarga afzallik berilgan bo‘lsa, kompaniya iPhone 15’ni pastel ranglarda ishlab chiqardi: pushti, havorang, yashil, sariq. Shuningdek, klassik qora variant ham bo‘ladi.

iPhone X (2017 yil)da paydo bo‘lgan «chelki» o‘rniga, asosiy iPhone 15 qurilmasi Dynamic Island («dinamik orol»)dan foydalanadi — frontal kamera uchun qo‘shimcha funksionallarga ega kesim va o‘nlab kichik dasturiy ta’minot funksiyalari birlashtirilishi. U oxirgi avlodda paydo bo‘lgan va bunga qadar faqat iPhone 14 Pro va 14 Pro Max’da mavjud edi.

Pro va Pro Max seriyalari displeylari LIPO texnologiyalari bo‘yicha tayyorlangan va shu tufayli ekran hoshiyasi 0,7 mm.ga yupqalashib, uning kengligi bor-yo‘g‘i 1,5 mm bo‘lgan.

Endi aniq aytish mumkinki, Apple iPhone mini’dan voz kechgan — qatorasiga ikkinchi yil taqdimot eng kichik modelsiz o‘tkazildi, iPhone 13 mini sotuvdan olib tashlangan.

Asosiy ayfonlar hajmi o‘zgarishsiz qolgan: iPhone 15 6,1-dyuymli ekranga ega, iPhone 15 Plus — 6,7-dyuymli. Displey yorqinligi oldingi modellarga qaraganda ikki baravar ko‘p (1000 ga qarshi 2000 nit).

iPhone 15 ham, iPhone 15 Plus ham A16 Bionic chipida ishlaydi, u ilk bor 14 Pro da paydo bo‘lgandi. Kompaniya optimallashtirish va energiya tejamkorligi ustida ishlagan, buning natijasida iPhone’lar endi kun bo‘yi quvvatlanmasdan ishlashi mumkin. Qo‘ng‘iroq vaqtida shovqin pasaytirish faollashadi, bu gavjum joyda gaplashganda begona tovushlarni yashirish imkonini beradi.

Asosiy kamera moduli 48 megapikselga ega. Suratga olishdagi yana bir alohida xususiyat shundaki — agar ilgari portret rejimiga (yondan) qayta o‘tish talab etilgan bo‘lsa, endi buni sun’iy intellekt o‘zi hal qiladi. Va hatto surat tushirib bo‘lingandan keyin ham fokus obektini o‘zgartirish mumkin — avval buning uchun boshqa ilovadan foydalanishga to‘g‘ri kelardi.

Titanli «yirik» iPhone 15 Pro va iPhone 15 Pro Max

iPhone 15 Pro ham, iPhone 15 Pro Max ham titandan ishlangan — mustahkam, chidamli, yengil va «Apple tarixidagi eng yuqori sifatli material». Kompaniya ma’lum qilishicha, endi uning ayfonlari Mars vezdexodlarida ishlatiladigan moddalardan ham tayyorlanishi mumkin.

Titanli ayfonlar asosiy modellarga qaraganda butunlay boshqacha ranglarda ishlab chiqariladi — qora, oq, ko‘k va «natural». iPhone 15 Pro ekrani diagonali — 6,1 dyuym, iPhone 15 Pro Max’niki — 6,7 dyuym, ikkisida ham kompaniya uchun rekord darajadagi yupqa ramkali Super Retina XDR displeyi o‘rnatilgan.

Eng kuchli ayfonlar mikrochiplar ishlab chiqarish sohasidagi eng ilg‘or texnologiyalardan sanalgan 3 nanometrli texnologiyasi bo‘yicha tayyorlangan A17 Pro protsessorini olgan. iPhone 15 Pro ham, 15 Pro Max ham 10 Gbit/soniyagacha bo‘lgan USB-C ma’lumotlar uzatish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi.

Ikki model ham 48 megapikselli kamera va ProRAW suratlar olish qobiliyatiga ega (professional s’yomka uchun mo‘ljallangan). iPhone 15 Pro uch karra kattalashtiruvchi optik zumga ega, iPhone 15 Pro Max esa — besh karra.

Shuningdek, Pro va Pro Max bilan Spatial Video nomini olgan 3D-video olish mumkin. Apple ularni Vision Pro garniturasida ko‘rib chiqishni taklif etmoqda — 3,5 ming dollarlik qurilma 2024 yilda chiqishi kerak.

Ovozsiz rejim yangi tugma bilan yoqiladi, u ko‘p funksiyali qilingan

Ovozsiz rejimni yoqishga javob bergan tugma birinchi ayfonda ham bor edi — va yakunda 16 yil davomida saqlanib qoldi. Bu yili Apple ilk bor undan voz kechdi, ammo hozircha faqat iPhone 15 Pro va 15 Pro Max’da.

Bu modellarda endi tovush rejimlarini almashtirish uchun jismoniy tugma bo‘lmaydi — uning o‘rniga dasturlanuvchi Action Button tugmasi paydo bo‘lgan, tugmadagi funksiyani menyu orqali o‘zgartirish mumkin, masalan, kamerani yoki fonarni yoqishga.

Ayfonlar narxi o‘tgan yildagi kabi qolgan

Odatdagi kabi, Apple taqdimotda yangi qurilmalarning AQShdagi xaridi, soliqlar hisobga olinmagan holda qanchaga tushishini e’lon qildi. Yangi Apple Watch uchun Shtatlarda 12 sentabrdan, iPhone uchun — 15 sentabrdan to‘lov qilish mumkin.

  • iPhone 15 — 799 dollardan boshlanadi
  • iPhone 15 Plus — 899 dollardan
  • iPhone 15 Pro — 999 dollardan
  • iPhone 15 Pro Max — 1199 dollardan
  • Apple Watch SE — 249 dollardan
  • Apple Watch Series 9 — 499 dollardan
  • Apple Watch Ultra 2 — 799 dollardan.
Ko‘proq yangiliklar: