NKMK dunyodagi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o‘nligidan joy oldi
Kitco kompaniyasi 2023 yilning birinchi yarim yilligida dunyoning eng ko‘p oltin qazib olgan yirik kompaniyalari Top-10 reytingini e’lon qildi. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ reytingda 5-o‘rinda e’tirof etildi.

Foto: Jihoz-vent.uz
Reytingga ko‘ra, joriy yilning birinchi yarim yilligida NKMK tomonidan 1,425 mln unsiya oltin ishlab chiqarilib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga oshgan. Dunyodagi eng yirik oltin konlaridan biri hisoblanadigan “Muruntov” koni NKMKga tegishli ekani qayd etilgan.
Top-10 ro‘yxatda 2,513 mln unsiya oltin ishlab chiqargan “Newmont” kompaniyasi yetakchilik qilgan. Kompaniyaning ko‘rsatkichi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11 foizga kamaygan.
Reytingning yuqori beshligidan mos ravishda “Barrick” (1,961 mln unsiya oltin ishlab chiqargan), “Agnico” (1,686 mln unsiya oltin ishlab chiqargan) hamda “Polyus” (1,448 mln unsiya oltin ishlab chiqargan) kompaniyalari joy olgan.
Ro‘yxatda NKMKdan keyingi o‘rinlarni “AngloGold Ashanti”, “Gold Fields”, “Newcrest”, “Zijin Mining” va “Kinross” kompaniyalari egallagan.
Tavsiya etamiz
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda
Jahon | 15:19 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10 / 06.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Stradivarining Ikkinchi jahon urushi vaqtida o‘g‘irlangan skripkasi Tokiodan topildi
Jahon | 01:59
-
Toshkentda 19 yoshli qiz harakatdagi Nexiaʼdan sakrab tushib qoldi
Jamiyat | 23:41 / 07.07.2025
-
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi
Jahon | 23:21 / 07.07.2025
-
Toshkentda bog‘da odamlardan pul yig‘ib kelgan yigitlar ushlandi, O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:14 / 07.07.2025
Mavzuga oid

09:47 / 17.05.2025
Navoiyda ventilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

21:01 / 10.02.2025
Oltinning rekord narxlari O‘zbekistonning zaxirasini salkam 43 mlrd dollarga yetkazdi

13:13 / 06.02.2025
1 gramm oltin narxi 95 dollardan oshdi

19:33 / 05.02.2025