To‘qimachilik mahsulotlari eksporti bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilindi

Iqtisodiyot 07:38 / 07.09.2023 8646

Prezidentning «To‘qimachilik sanoatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.

Gazlama, trikotaj mato va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarni aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash uchun Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga qo‘shimcha 50 mln AQSh dollari ajratiladi. Mablag‘lar Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan revolver kreditlash asosida 2026 yil 1 yanvarga qadar qaytarish sharti bilan yillik 4 foiz stavkada taqdim etiladi. 

Chora to‘qimachilik sanoati korxonalaridagi mavjud imkoniyatlarni to‘liq safarbar etish va ularning eksport salohiyatini yanada oshirishga qaratilgan.

Prezidentning 2023 yil 10 yanvardagi «Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.

Ko‘proq yangiliklar: