Kun.uz professional kadrlarni ishga taklif qiladi

Jamiyat 19:04 / 07.09.2023 19271

Kun.uz sayti tajribali, o‘z ishiga mas’uliyatli jurnalist va videomutaxassislarni ishga taklif etadi.

Jurnalist – surishtiruv-tahliliy materiallar muallifi

Vazifalari: Professional jurnalistik faoliyat bilan shug‘ullanish, dolzarb mavzularda surishtiruvlar, tahliliy materiallar tayyorlash.

Jurnalist – videomateriallar muallifi

Vazifalari: Muhim mavzularda ko‘rsatuvlar, intervyular va mualliflik videodasturlarini tayyorlab borish.

Videokontent muharriri

Vazifalari: Tayyorlangan videomahsulotlar sifatini oshirish va nazorat qilish, kontentni tahlil qilish va tekshirish, videotahrir.

Nomzodning televideniyeda ish tajribasiga egaligi qo‘llab-quvvatlanadi.

Yuqoridagi uch vakansiya uchun talablar:

  • jurnalistika sohasida kamida 2 yillik ish tajribasi;
  • oliy ma’lumot;
  • xorijiy tilni bilish;
  • 25-35 yoshlar atrofida bo‘lishi;
  • Toshkent shahridagi ofisda muntazam ishlash imkoniga ega bo‘lishi lozim.

Operator va montaj ustasi

Vazifalari: Jurnalistik materiallarni tasvirga olish va montaj qilish, ijodiy-badiiy tipdagi videomahsulotlar yaratish.

Ishga olishda talabgorning bungacha qilgan ishlariga qarab baho beriladi.

Talablar:

– “Adobe After Effecs” va “Adobe Premier” dasturlarini yuqori darajada o‘zlashtirgan bo‘lishi;

– yuqori sifatli vizual effektlardan foydalangan holda muallifning g‘oyalarini ro‘yobga chiqara olishi;

– ishiga ijodiy yondashadigan bo‘lishi;

– operatorlik va montaj sohasida ish tajribasi;

– oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi;

– yoshi 20-35 oralig‘ida bo‘lishi kerak.

Kun.uz nimalarni taklif qiladi?

Biz, Toshkent markazidagi zamonaviy ofisda ahil jamoa davrasida ishlashni va quyidagilarni taklif qilamiz:

  • raqobatbardosh, munosib oylik maosh;
  • rasmiy mehnat shartnomasi;
  • ofisda bepul tushlik;
  • o‘z ustida ishlash va rivojlanish uchun imkoniyatlar.

Talabgorlardan o‘z ishiga mas’uliyatli va turli vaziyatlarga moslashuvchan bo‘lish talab qilinadi.

Nomzodlardan o‘zi haqida kichik hajm va erkin tarzda bayon qilingan ma’lumotlar, yashash va ish joyi, telefon raqami, ish tajribasi, sohadagi faoliyatiga doir axborot (nashr etilgan maqolalaridan nusxalar va internetda e’lon qilingan ishlariga havolalar)ni Telegramʻdagi @kunuzkadr manziliga yuborish so‘raladi.

Kadrlar bo‘limi tanlab olingan nomzodlar bilan telefon orqali bog‘lanadi. Suhbat kuni va qisqa sinov muddati, maosh o‘zaro kelishilgan holda belgilanadi.

Ko‘proq yangiliklar: