Kun.uz jamoasi Axbor Imomxo‘jayev xotira turnirida kumush medalni qo‘lga kiritdi

Sport 11:59 / 11.07.2024 5177

10 iyul kuni Axbor Imomxo‘jayev xotirasiga bag‘ishlangan turnir yakuniga yetdi.

Final bahsida Kun.uz jamoasini 5:2 hisobida yenggan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi turnir g‘olibiga aylandi.

Kun.uz'dan gollarga Abduqodir To‘lqinov va Yunus Qo‘shoqov mualliflik qildi. Sayt jamoasi finalda quyidagi tarkibda harakat qildi: Normuhammad Ali Abdurahmonov, Ziyoddin Mamatjonov, Aziz Qarshiyev, Abduqodir To‘lqinov, Muhammad Komilov, Javohir Xo‘jayev, Abdusalim Abduvoxidov, Ma’rufjon Asqarov, Muhammadsaid Ahmedov, Azimjon Berdibekov, Asrorbek Abdunazarov, Yunus Qo‘shoqov.

«Paxtakor» Championat.Asia  jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etib, 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

E’tiborlisi, Kun.uz jamoasidan Normuhammad Ali Abdurahmonov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.

Sayt fotografi Muhammadjon G‘aniyev final va taqdirlash marosimidan fotojamlanma tayyorladi.

Ko‘proq yangiliklar: