Iyul oyida Axbor Imomxo‘jayev xotira turniri bo‘lib o‘tadi

Sport 08:20 / 29.06.2024 4867

2023 yil iyulida o‘zbek futbol jurnalistikasi asoschisi Axbor Imomxo‘jayevni xotirlab, uning izdoshlari tomonidan futbol musobaqasi tashkil etilgandi. Bu turnirda jurnalistika sohasi vakillari ishtirok etgandi. 

2 iyul — xalqaro sport jurnalistlari kuni butun dunyoda keng nishonlanadi. Imomxo‘jayevlar sulolasi aynan shu sana atrofida an’anaviy tarzda xotira turniri tashkil etishni maqsad qilgan. Mamlakatda futbol mavsumi 6 iyul kuni tanaffusga chiqadi. Tanaffusning ilk kunida esa ikkinchi bor Axbor Imomxo‘jayev xotira turniri bo‘lib o‘tadi. 

Turnirda Kun.uz xodimlaridan iborat jamoa ham ishtirok etadi.

Axbor Imomxo‘jayev mamlakat futboli rivojiga katta hissa qo‘shgan. U o‘z vaqtida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida faoliyat olib borgan, futbol hakamligida o‘ziga xos yutuqlarga erishgan, Liga uchrashuvlarida komissar sifatida ishlagan, matbuot, radio, televideniyeni bu insonsiz tasavvur qilish qiyin edi. Qahramonimiz 80 yoshdan oshgan vaqtida ham sog‘lom turmush tarizini targ‘ib qilishda davom etdi hamda «Tong» faxriylar jamoasi safida muntazam — haftada uch bor futbol o‘ynagan. 

Ko‘proq yangiliklar: