Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyaning olis shahridagi yagona shifokor ishdan ketyapti. Yangi nomzodlarga 400 ming dollar maosh taklif etilmoqda
Shaharcha juda uzoqda joylashgani tufayli u yerda ishlashni xohlaganlar bepul uy va mashina bilan ham ta’minlanadi.

Foto: AP
Avstraliyaning olis Julia Krik shahri uchun shifokor qidirilmoqda. Associated Press xabar berishicha, 500 nafar aholi yashaydigan bu manzildagi yagona shifokor yaqinda o‘z lavozimini tark etadi.
Juliya Krik Kvinslend shtati poytaxti Brisben shahridan 17 soatlik yo‘lda joylashgan. U yerdan eng yaqin yirik shahar — Taunsvillga yetib olish uchun yetti soat vaqt ketadi.
Shaharchaning joylashuvini inobatga olib, u yerda ishlashni xohlagan shifokorga 680 ming Avstraliya dollarigacha (taxminan 428 ming AQSh dollari) miqdorida maosh, bepul uy-joy va avtomobil taklif etilmoqda. Potensial nomzod jazirama issiq va tropik hasharotlarga ham chiday olishi kerak.
Julia Krikning hozirgi shifokori Adam Louvs shaharda 2022 yildan beri ishlaydi, u 500 ming Avstraliya dollari (315 ming AQSh dollari) miqdorida maosh olib kelgan. Shifokorning aytishicha, bu yerda osoyishta hayot hukm suradi.
U qanday qilib ushbu shaharchaga kelib qolganini aytib berdi: “Bir kuni qaynonam ‘Hech kimga kerak bo‘lmagan yarim million dollarlik ish’ sarlavhali yangilik havolasini yubordi. Uni ko‘rganimda xayolimga kelgan birinchi fikr ‘Juliya Krik qayerda ekan?’ degan savol bo‘ldi”.
Louvs shaharchaga kelmasidan oldin u yerda 15 yil davomida birorta ham shifokor bo‘lmagan.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18
-
Farg‘onada shifokor adashib bemorning sog‘lom oyog‘ini kesib tashladi
Jamiyat | 21:52
-
Ukraina va Rossiya delegatsiyalari shu hafta Istanbulda uchrashishi kutilmoqda
Jahon | 21:43
-
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38
Mavzuga oid

21:52
Farg‘onada shifokor adashib bemorning sog‘lom oyog‘ini kesib tashladi

15:28
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi

07:47 / 15.07.2025
Avstraliya Tayvan uchun urush boshlangan taqdirda o‘ziga hech qanday majburiyatni olmaydi

23:51 / 14.07.2025