STARS International University diplomi Britaniya bakalavr darajasiga teng deb tan olindi

Iqtisodiyot 14:28 / 06.09.2023 14387

Buyuk Britaniya Ta’lim Vazirligi qoshidagi Malaka va ko‘nikmalar bo‘yicha Birlashgan Qirollikning Milliy axborot markazi STARS International University tomonidan beriladigan bakalavr darajasini Britaniya bakalavr darajasiga teng deb tan oldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonida mamlakatimizdagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingining birinchi 1000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish vazifasi qo‘yilgan. Ushbu vazifani amalga oshirish maqsadida, nafaqat davlat, balki nodavlat oliy ta’lim muassasalari ham o‘z faoliyatlarida samarali ishlarni amalga oshirmoqdalar.

STARS International University ham o‘z faoliyatida xalqaro talablarga javob beruvchi yangi o‘quv adabiyotlarini yaratish, ilg‘or ta’lim standartlari va metodikalarini joriy etish orqali kreativ va tanqidiy fikrlash qobiliyatiga ega yuqori intellektual salohiyatli mutaxassislarni tayyorlashga alohida ahamiyat bermoqda.

Buning natijasi o‘laroq, Buyuk Britaniya Ta’lim Vazirligi qoshidagi Malaka va ko‘nikmalar bo‘yicha Birlashgan Qirollikning Milliy axborot markazi STARS International University tomonidan beriladigan bakalavr darajasini Britaniya bakalavr darajasiga teng deb tan oldi. Bu o‘z navbatida, universitet tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv rejaga zamonaviy va xalqaro talablarga javob beruvchi mazmunga ega fanlarning kiritilgani bilan asoslaniladi.

STARS International University, mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari orasida, birinchilardan bo‘lib shunday jahon e’tirofiga sazovor bo‘lishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligi ostida oliy ta’lim sohasida olib borilayotgan tizimli islohotlar hamda joriy "Insonga e’tibor va sifatli ta’lim" yilida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar natijasi deb baholasa bo‘ladi. 

Universitet mintaqada Buyuk Britaniya hukumati nomidan faoliyat yuritadigan va Buyuk Britaniya Ichki Ishlar Vazirligining fuqarolik va viza berish, shuningdek xorijiy diplomlarni nostrifikatsiya qilish masalalari bo‘yicha rasmiy hamkori bo‘lgan ECCTIS milliy agentligi bilan o‘quv jarayonlarini yanada takomillashtirish borasida yaqindan hamkorlik olib boradi.

Agar Siz ham Markaziy Osiyodagi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan universitetlardan birida ta’lim olish istagida bo‘lsangiz, STARS International University oliy ta’lim tashkilotining qabul komissiyasiga murojaat qilishingiz yoki ariza topshirish uchun quyidagi havolaga o‘tishingiz mumkin: https://stars.university/uz/admission

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

 +998781291919 - STARS International University

Sayt: https://stars.university/
Telegram: https://t.me/starsuniversity
Instagram: https://instagram.com/stars.university.uz?igshid=YmMyMTA2M2Y=
Facebook: https://www.facebook.com/starsinternationaluniversity

You Tube: https://youtube.com/c/STARSUNIVERSITY

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: