O‘zbekistonda ayol rahbarlar boshqaruvidagi korxonalarning sof daromadi 9 trln so‘mga oshdi

Iqtisodiyot 08:13 / 06.09.2023 10421

2023 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda ayol rahbarlar boshqaruvida kichik korxona va mikrofirmalarning mahsulot sotishdan tushgan sof daromadi 31,8 trln so‘mni tashkil etgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ayol rahbarlar boshqaruvidagi kichik korxona va mikrofirmalarning sof daromadi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 9,2 trln so‘mga oshgan.

2023 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda ayol rahbarlar boshqaruvidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 39 078 tani tashkil etgan.

Ko‘proq yangiliklar: