Santa Fe’dan Traverse’gacha - dunyo avtomobil bozorida taqdim etilgan so‘nggi krossoverlar

Fan-texnika 18:18 / 01.09.2023 69193

Hyundai Santa Fe

Foto: Hyundai

Krossoverning yangi avlodi biroz «kattalashdi» va «yo‘ltanlamas» versiyaga (XRT) ega bo‘ldi. Biroq Hyundai kompaniyasi yangi Santa Fe’da dizelli dvigateldan foydalanmaslikka qaror qildi. Atmosfera bosimida ishlaydigan 2,5 litrli dvigatel 194 ot kuchiga ega, u 8 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan hamkorlikda ishlaydi. 2,5 litrli turbodvigatelli versiya esa 281 ot kuchini beradi. Shuningdek, 1,6 litrli turbodvigatelli gibrid komplektatsiya ham bo‘lib, u 180 ot kuchiga ega. «Yumshoq gibrid» o‘z o‘rnida 6 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan hamkorlik qiladi. Ishlab chiqaruvchi keyinroq tashqi tok yordamida quvvatlantirish mumkin bo‘lgan yangi avlod gibridli versiyani ham taqdim etishni va’da qilmoqda.

Mitsubishi Xforce

Foto: Mitsubishi 

Mitsubishi o‘z sinfida uncha qimmat bo‘lmagan modelini rivojlanayotgan mamlakatlar bozori uchun taqdim etdi. Yangi model ASX modellari qatorini o‘rnini bosishi kerak bo‘ladi. Xforce Indoneziyada taqdim etildi. Avtomobil klirensi 222 millimetrni tashkil qiladi. Harakatlanish rejimlarini tanlash imkoniyati mavjud. Multimedia tizimini boshqarish uchun 12,3 dyuymli displey xizmat ko‘rsatadi. Ikki hududli iqlim nazorati, adaptiv kruiz nazorati va qator elektron assistentlar bilan ta’minlangan. Krossover 1,5 litr hajmli atmosfera bosimi ostida ishlaydigan dvigatel bilan harakatlanadi. U 105 ot kuchiga ega. Uzatmalar qutisi esa variator, old g‘ildiraklar tortuvchi hisoblanadi.

Toyota Land Cruiser Prado

Foto: Toyota

Toyota kompaniyasi Land Cruiser’ni AQSh bozoriga qaytarishga yana bir bor urinib ko‘radi. Land Cruiser Prado 250 Shimoliy Amerikada premera qilindi. Yangi model bozorda Land Rover Defender 110, Ford Bronco, Jeep Wrangler bilan raqobatlashishi kerak bo‘ladi. «250» ikki xil tashqi dizayn bilan taqdim etiladi. Avtomobil hajmi shunday: 4920/2139/1859 mm. G‘ildiraklar bazasi 2850 millimetrni tashkil etadi. iForce Max gibrid tizimidan foydalanilgan. Gibrid versiyada 2,4 litrli turbodvigatel 8 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan ishlaydi. Dvigatel 331 ot kuchini beroladi. Shuningdek, faqat benzin va dizelda harakatlanadigan komplektatsiyalar ham mavjud. 

Kia Sorento

Foto: Kia

Kia mahalliy bozorda Sorento’ning yangilangan versiyasini taqdim etdi. Bu krossoverning 4-avlodi hisoblanadi. Dvigatel turlari bozordan kelib chiqib belgilanadi. Masalan, 194 ot kuchiga ega 2,2 litr hajmli dizelli dvigatel mavjud. Shuningdek, 2,5 litrli 281 ot kuchini beradigan dvigatel ham bor. Bundan tashqari, 1,6 litrli «turboto‘rtlik» dvigatel ham mavjud: u 180 ot kuchiga ega ichki yonuv dvigateli (IYD) va 60 ot kuchini beruvchi elektromotor hamkorligi hosilasidir.

Toyota Grand Highlander

Foto: Toyota

Bu hammaga tanish Highlander’ning kattalashgan versiyasi emas. Toyota kompaniyasi Amerika bozori uchun yana bir alohida modelni taqdim etdi. Grand Highlander 269 ot kuchiga ega 2,4 litrli turbodvigatel bilan jihozlangan. U o‘z o‘rnida 8 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan birga ishlaydi. Shuningdek, avtomobilning gibrid versiyalari ham taqdim etiladi. 

Chevrolet Traverse

Foto: Chevrolet

GM ham raqobatchilaridan qolishmaslikka harakat qilmoqda. Bahaybat Chevrolet Traverse yana o‘zgarishlarga uchradi va uning 3-avlodi dunyo yuzini ko‘rdi. Krossover tashqi ko‘rinishi, ayniqsa, radiator panjarasi o‘zgarishga uchragan. 

Ko‘proq yangiliklar: