7,3 ming dollardan boshlanadigan narx - Hyundai Exter krossoveri taqdim etildi

Fan-texnika 11:17 / 13.07.2023 77711

Exter 1,2 litr hajmli 83 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan. Uzatmalar qutisi ikki xil bo‘lib, komplektatsiyaga qarab taqdim etiladi — mexanik va robot. Old g‘ildiraklar tortuvchi hisoblanadi.

Exter’ning 7,3 ming dollar turadigan bazaviy komplektatsiyasida 6 ta xavfsizlik yostiqchasi mavjud. ABS sistemasi bilan ta’minlangan. Top versiya uchun 12 ming dollar narx belgilangan. Unda mediatizimni boshqarish uchun 8 dyuymlik displey, iqlim nazorati, kruiz-nazorat, lyuk kabi qulayliklar joriy etilgan.

Mashinaning uzunligi 3815 mm, eni 1710 mm, bo‘yi 1631 mmni, g‘ildiraklar bazasi esa 2450 mmni tashkil qiladi.

Foto: Hyundai
Foto: Hyundai
Ko‘proq yangiliklar: