To‘g‘ri tanlov: shaharda sayr uchun elektr samokat qanday tanlanadi?

Jamiyat 16:07 / 28.08.2023 16809

Toshkentda elektr samokatlar ommalashib bormoqda. O‘smirlar uchun bu qiziqarli ko‘ngilxushlik, kattalar uchun – mo‘ljaldagi manzilga tirbandliklar va svetoforlarsiz yetib olishning qulay usuli.

O‘zbekistonda taqdim etilgan brendlardan biri bu – Acer. Dunyoga mashhur kompyuter jihozlari ishlab chiqaruvchisi turli yo‘l qoplamalari (asfalt, bruschatka, plitka) uchun va ham qisqa, ham uzoq masofalarga mo‘ljallangan modellarni ishlab chiqaradi. O‘zbekistonda Acer 3 ta modelni taqdim etadi: yengil Acer ES Series 1, funksional Acer ES Series 3, kuchli Acer ES Series 5. Mosini tanlab olish va keraksiz opsiyalar uchun ortiqcha pul to‘lamaslik maqsadida, tajribali foydalanuvchilar bir necha parametrlarni baholashni maslahat beradilar.

Bir zaryadda yurish masofasi

Birinchi navbatda, samokat yaqin masofa uchun olinyaptimi yoki uzoqqa qatnashgami – shuni aniqlab olish lozim. Zaryad nolga tushib, yo‘l o‘rtasida qolib ketishni hech kim istamaydi. To‘g‘ri, uni rozetkasi bor istalgan joyda (masalan, qahvaxonada) zaryadlab olish mumkin, lekin vaqt uvol bo‘ladi.

Acer elektr samokatlari oilasi barcha ssenariylarni ko‘zda tutadi: yengil ES Series 1 bir zaryadda 20 km gacha yuradi va ikki soatda zaryadlanadi. Undan uzoqroqqa borish uchun ES Series 3 mos keladi, u 30 km bosib o‘tadi va 4 soatda quvvat yig‘ib oladi. O‘ta faollar, ya’ni hayotidan tirbandlig-u svetoforlarni chiqarib tashlashni istaganlar uchun ES Series 5 mo‘ljallangan. U 65 km bosib o‘tadi va bir kecha (8 soat)da 100% zaryad oladi.

Bobur, tajribali foydalanuvchi:

— Menda ES Series 5 bor, men o‘zim yashaydigan Qo‘yliqdan ishga – Yunusobodga bemalol borib kelaman. Elektr samokatdan foydalanishimning sabablaridan biri – avtoturargoh muammosi. Shaharda kun bo‘yi mashinani tashlab ketish mumkin bo‘lgan joylar tobora kamayib bormoqda. Bundan tashqari, ertalablari hammayoq tirbandlik, shunday ekan, samokat vaqtni sezilari tejaydi.

Umuman olganda, ba’zida kechalari non olish yoki sal narida yashaydigan ota-onamni ziyorat qilish kerak bo‘ladi. Bir-ikki kilometr uchun garajni ochib, mashinani yurg‘izish yoqmaydi, shu sababli samokatda yuraman.

G‘ildiraklar

Unchalik ham sifatli bo‘lmagan yo‘llar uchun tajribali foydalanuvchilar g‘ildiraklari diametri katta bo‘lgan modelni tanlashni maslahat beradilar. Ular yo‘l o‘nqir-cho‘nqirlarini, chuqurliklar va notekis plitkalarni ravon bosib o‘tadi. Chunonchi, Acer ES Series 3 g‘ildiraklarining diametri 8,5 sm, bu shahar sharoitida qulay yurish uchun yetarli. O‘nqir-cho‘nqir asfalt yo‘l uchun g‘ildiraklari diametri 10 sm bo‘lgan, amortizatorli Acer ES Series 5'ni tanlagan yaxshi. U relef baland-pastliklaridan bilintirmay o‘tkazadi. Bu esa g‘ashga teguvchi titrashni yo‘qotib, yurish ravonligini ta’minlaydi.

Bobur, tajribali foydalanuvchi:

— Elektr samokatlar Toshkentda yangi paydo bo‘lganidanoq, ularni minishni boshlaganman. O‘sha paytdan beri turli ishlab chiqaruvchilarning turlicha modellarini almashtirdim. Bugunga kelib shaharda ushbu turdagi transportga tobora do‘stona munosabatda bo‘linyapti. Toshkentda yo‘lkalar jadal ta’mirlanyapti, velosiped va samokatlar uchun alohida yo‘laklar paydo bo‘ldi. Samarqand va Buxoro kabi sayyohlik shaharlarida elektr samokatlardan foydalanish yanada qulaylashmoqda: odamlar oqimi zichligi kam, demak boshqarish oson.

Vazn va o‘lcham

Vazn va o‘lcham elektr samokatning portativligiga va pirovardida, foydalanuvchining mobilligiga ta’sir ko‘rsatadi. Yengil va ixcham modelni ko‘tarish oson. Elektr samokatni jamoat transporti bilan uyg‘unlikda ishlatgan kishi uchun bu alohida ahamiyatga ega.

Masalan, Acer ES Series 3 atigi 16 kg keladi. Uni avtobusga ko‘tarib chiqarish, metroga olib tushish, xonadondan olib chiqish oson, ko‘chalardagi baland bordyurlar ham to‘sqinlik qila olmaydi. ES Series samokatlari osongina yig‘iladi va mashinaning yuk bo‘limiga sig‘ib ketadi. Yig‘ilganda rul tutqichga aylanadi, undan ko‘tarib elektr samokatni bir joydan boshqa yoqqa tashish oson.

Bobur, tajribali foydalanuvchi:

— Elektr samokatlarni nafaqat kattalar, balki o‘smirlar ham yoqtiradi. Bolalar uchun men Acer ES Series 1’ni tavsiya qilgan bo‘lardim, u atigi 11 kg vaznga ega. Uchinchi (16 kg) va beshinchi (18,5 kg) seriya og‘irroq bo‘ladi. Birinchi modelni esa, hatto 6 yoshli o‘g‘lim ham amallab tashlayapti.

Darvoqe, katta Acer ES Series 5 modeliga ikki kishi sig‘adi: uning platformasi uzun, keng va qulay. Unda bolani bog‘chaga yoki maktabga olib borish mumkin.

Xavfsizlik

Hamma ishlab chiqaruvchilar ham xavfsizlik masalasini o‘ylab ko‘rmagan. Aslida samokat quyidagilarga ega bo‘lishi lozim:

  • kechki paytlarda qayerga ketayotganini ko‘rish hamda haydovchilar va yo‘lovchilarga ko‘rinib turishi uchun fara;
  • tormoz olganda yonadigan stop-signal;
  • yorug‘lik qaytaruvchi elementlar. Acer’da ular old va yon tomonlarda joylashgan.

Acer rasmiy distribyutoridan elektr samokat xarid qilinganda dvigatelga (1 yil) va butlovchi qismlarga (3 oydan 6 oygacha) kafolat beriladi. Servis markazlari butun respublika bo‘ylab joylashgan.

Tafsilotlar bilan tanishish va o‘zingizga mos modelni tanlash uchun quyidagi saytlarga murojaat qilishingiz mumkin:

uzum.uz

brandstore.uz

www.zoodmall.uz  

mycom.uz

 Reklama

Ko‘proq yangiliklar: