21 yoshga to‘lmaganlarga alkogol va tamaki mahsulotlari sotish taqiqlanadi

Jamiyat 17:15 / 27.08.2023 18560

26 avgustdan boshlab O‘zbekistonda «Alkogolli va tamaki mahsulotlarining tarqalishi va iste’molini cheklash to‘g‘risida»gi qonun kuchga kirdi. 

Yangi qonunga muvofiq, ko‘chada sigareta sotuvchilarning faoliyati, shuningdek, tamaki mahsulotlarini yorliqsiz yoki donalab sotish taqiqlanadi. 

Shuningdek, alkogol va tamaki mahsulotlari sotuvchisi 21 yoshdan kichik ko‘ringan xaridordan uning shaxsi va yoshini tasdiqlovchi hujjatini ko‘rsatishni talab qilishi, hujjat mavjud bo‘lmagan taqdirda esa sotishni rad etishi shartligi belgilangan. 

Quyidagi vakolatli organlar zimmasiga ko‘chada sigaretalar savdosi kabi yirik muammoga e’tibor qaratishlari hamda qonunning kuchga kirgan qoidalarini amalga oshirilishini ta’minlash yuklatilgan: IIV, soliq organlari, bojxona organlari, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish organi (MQQ), O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘yicha Departamenti.

«Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida»gi qonun loyihasi 2021 yil noyabrida deputatlar tomonidan ma’qullangan, 2022 yil dekabrida senatorlar tomonidan ko‘rib chiqilgan va ma’qullangandi.

O‘zbekistonda bunga qadar alkogol va tamaki mahsulotlarini sotishning yosh chegarasi 20 yosh bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: