Kamerunlik 45 yoshli ayol birdaniga to‘qqiz nafar farzandni dunyoga keltirdi
Ayol bu borada dunyo rekordini takrorladi.

Foto: ruptly
Kamerunda yashovchi Antoniya Madu Obianuju bir vaqtning o‘zida to‘qqizta bolani tug‘di. 45 yoshli ayol EKO usuli orqali homilador bo‘lgan.
Antoniya olti nafar qiz va uch nafar o‘g‘ilning onasi bo‘ldi. Ayol ultratovush tekshiruvidan o‘tganidan keyin egizaklarni kutayotgan edi. Shu sababli to‘qqiz nafar farzandning tug‘ilishi kutilmagan voqea bo‘ldi. Obianujo so‘zlariga ko‘ra, sodir bo‘lgan voqea uni «Xudo uchun imkonsiz narsa yo‘qligiga» ishontirgan.
Bungacha Antoniya ikki farzandga ega edi: 14 yoshli egizaklar - o‘g‘il va qiz.
Mimi Mefo Info nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Antoniya bir vaqtning o‘zida to‘qqiz nafar chaqaloqni dunyoga keltirgan dunyodagi ikkinchi ayol bo‘ldi. Undan oldin Mali fuqarosi Halima Sisse 2021 yilda shuncha bola tug‘gan edi. Keyinchalik, u Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.
Mavzuga oid

12:05 / 16.02.2025
O‘zbekistonda iqtisodiy qutblanish kengayib boryapti. Nega?

17:38 / 08.02.2025
Insoniyatning uchdan ikki qismi 70 yoshdan oshgan erkaklar hukmronligi ostida - Bild

17:01 / 03.02.2025
Turkmaniston 2022 yilgi aholini ro‘yxatga olish natijalarini e’lon qildi

18:00 / 29.01.2025