Insoniyatning uchdan ikki qismi 70 yoshdan oshgan erkaklar hukmronligi ostida - Bild

Jahon 17:39 1009

Dunyoda 5,4 milliard odam 70 yoshdan oshgan erkaklar nazorati ostida yashamoqda, bu esa dunyo aholisining 67,5 foizini tashkil qiladi. Germaniyaning Bild nashri ma’lumotlariga ko‘ra, ayollar atigi 28 mamlakatni boshqaradi, bu dunyo aholisining taxminan 5 foizini qamrab oladi.

Nashrning qayd etishicha, butun dunyoda siyosiy hokimiyat tobora keksa erkaklar qo‘lida, xususan, AQSh, Rossiya, Eron, Hindiston va Xitoyda.

Donald Tramp 78 yoshda, Vladimir Putin 73 yoshda, Si Jinping 71 yoshda, Mas’ud Pizishkiyon 70 yoshda, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi 74 yoshda.

«Yer yuzidagi 8 milliardga yaqin aholining 5,4 milliardi yoki 67,5 foizi 70 yoshdan oshgan erkaklar hukmronligi ostida», deyiladi maqolada.

Yosh bo‘yicha hozirgi rekordchi - Kamerun prezidenti Pol Biyya. U 91 yoshda va 42 yildan beri bu lavozimda. Bundan tashqari, Kamerunda o‘rtacha yosh 18 dan ozroq.

Ayollar 380 million kishini boshqaradi, bu 28 ta davlat va dunyo aholisining 5 foizdan sal kamrog‘i. Ularning eng yiriklari — Meksika va Italiya. Eng yosh ayol bosh vazir Kristrun Frostadottir (Islandiya), u 36 yoshda.

Qayd etilishicha, Bild hukmdorlar sifatida nominal davlat boshlig‘ini emas, balki haqiqatda asosiy qarorlarni qabul qiluvchilarni tanlab olgan.

Ko‘proq yangiliklar: