Asialuxe Travel milliy turoperatori barcha yurtdoshlarimizni yaqinlashib kelayotgan bayram – O‘zbekiston Mustaqilligi kuni bilan tabriklaydi hamda eng samimiy tilaklarini izhor etadi, jumladan, baxt, mehr-oqibat, tinchlik-xotirjamlik va rivoj tilaydi. Shuningdek, Antaliya, Bodrum, Dalaman, Dubay, Istanbul va hatto Samarqand va Buxoroda dam olish uchun ajoyib mavsumiy chegirmalardan foydalangan holda o‘zingiz va yaqinlaringiz uchun ta’til rejalashtirishni taklif qiladi.
O‘zbekistonliklarga yangi o‘quv yili boshlanishidan oldin rejadan tashqari dam olish kunlarini tashkil qilish imkoniyati berildi va uni dengizda unutilmas ta’tilda o‘tkazish eng yaxshi yechim hisoblanadi. Tavsiya etilgan dam olish maskanlari, parvoz sanalari va narxlar bilan yaqinroq tanishing.
ANTALIYa
Butun dunyodan kelgan sayyohlar qalbidan munosib o‘rin egallagan Antaliya sohilidagi kurortlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Sohildagi eng mashhur kurortlarda manfaatli takliflar, juftliklar va shovqinli kompaniyalar uchun hashamatli mehmonxonalar, ko‘plab sayr-tomosha – bularning barchasi afsonaviy Antaliya mehmonlari uchun mavjud. Dengiz sarguzashtlarini yaxshi ko‘radiganlar uchun dam olish variantini tanlash qiyin bo‘lmaydi, chunki Antaliya kurortlarning xilma-xil “menyu”sini taklif etadi. Bundan tashqari, Antaliya bu – faqat sohilda passiv dam olish degani emas. Bular, shuningdek, dunyoga mashhur diqqatga sazovor joylarga qiziqarli ekskursiyalar – Pamukkale serpantinlari, qadimiy shaharning qadimiy xarobalari, “yoshartiruvchi” xususiyatga ega mashhur Kleopatra hovuzi. Undan tashqari, siz ipak gilam to‘quvchi ustalarning ijodi bilan tanishish, haqiqiy turk vino zavodlarida vinolarni tatib ko‘rish va Antaliya tarixini yaqindan o‘rganish imkoniga ega bo‘lasiz.
Toshkentdan Antaliyaga taqdim etilgan uchish sanalari:
29.08.2023-05.09.2023
30.08.2023-05.09.2023
31.08.2023-07.09.2023
02.09.2023-09.09.2023
03.09.2023-10.09.2023
03.09.2023-11.09.2023
05.09.2023-11.09.2023
05.09.2023-13.09.2023
07.09.2023-13.09.2023
07.09.2023-15.09.2023 - qo‘shimcha to‘lovlarsiz keng qamrovli turlar 10,4 mln so‘mdan boshlab.
BODRUM
Tog‘li hududda joylashgan serhasham Bodrum mehmonlarga “ultra all inclusive” asosida dam olish uchun ajoyib takliflarni taqdim qiladi. Egey dengizi qirg‘og‘ida sharqona koloritga ega premium “yevropacha” hordiq 2023 yil yozining oxiridan ajoyib xotira bo‘ladi.
Toshkentdan Bodrumga taqdim etilgan uchish sanasi:
02.09.2023 - 7 kechaga qo‘shimcha to‘lovlarsiz keng qamrovli turlar 12,3 mln so‘mdan boshlab.
DALAMAN, MARMARIS, FETHIYe
Egey dengizi sohilidagi dam olish maskanlarining ta’riflab bo‘lmaydigan go‘zalligi – Dalaman, Marmaris va Fethiye - butunlay boshqacha tarzda o‘ziga jalb qilishi mumkin. Go‘zal Dalaman baxmal plyajlari va eng toza shaffof dengizi tufayli turkcha «Cote d'Azur» nomini oldi. Yoshlarbop Marmaris o‘zining ko‘ngilochar dasturi bilan mashhur, sokin va osoyishta Fethiye kurorti sadr va qarag‘ay notalari uyg‘unlashgan yoqimli dengiz shabadasidan bahramand bo‘lib, mukammal dam olish uchundir.
Toshkentdan Dalamanga taqdim etilgan uchish sanasi:
01.09.2023 - 7 kechaga qo‘shimcha to‘lovlarsiz keng qamrovli turlar 11,4 mln so‘mdan boshlab.
ISTANBUL
Rang-barang Istanbul bu – eski shaharning qadimiy ko‘chalarida sayr qilish, sevimli turk seriallari muhitiga sho‘ng‘ish va kelgusi mavsum uchun foydali xaridlar qilish uchun ajoyib imkoniyat.
Toshkentdan Istanbulga taqdim etilgan uchish sanasi: 29.08.2023 - 4 kechaga qo‘shimcha to‘lovlarsiz keng qamrovli turlar 9 million so‘mdan boshlab
DUBAY
BAAning eng ajoyib amirligi hashamatli, zamonaviy osmono‘par binolari, barcha yoshdagilar uchun ko‘plab sayr-tomoshalari bilan sayyohlarni jalb qilishda davom etmoqda. Bu yerda siz issiq quyosh ostidagi eng toza baxmal plyajda “dangasa” dam olishingiz, yoki qumtepalarda ekskursiyalar va arab sarguzashtlari bilan faol dam olishingiz mumkin.
Toshkentdan Dubayga tavsiya etilgan uchish sanasi:
30.08.2023 - 5 kechaga qo‘shimcha to‘lovlarsiz keng qamrovli turlar 9 million so‘mdan boshlab
To‘plam narxi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
• Toshkentdan to‘g‘ridan to‘g‘ri parvoz;
• transfer;
• mehmonxonada turar joy;
• “All inclusive” / “ultra all inclusive” asosidagi taomlar;
• tibbiy sug‘urta.
Narxlar DBL joylashuvda bir kishi uchun ko‘rsatilgan va e’lon qo‘yilganda amal qiladi.
Barcha parvozlar Uzairways avialaynerlarining qanotlarida, eng qulay sharoitlarda amalga oshiriladi.
SAMARQAND / Samarkand City Break
Chet elga uchishga shoshilmayotgan, mahalliy go‘zalliklardan bahramand bo‘lishni xohlovchilar uchun maxsus taklif: Buyuk Ipak yo‘li gavhari – boqiy Samarqand shahriga sayohat. “Samarkand City Break” mualliflik dasturi sizga shahar arxitekturasi va madaniy merosining ulug‘vorligiga to‘liq sho‘ng‘ishingizga yordam beradi.
Toshkentdan Samarqandga jo‘nash tavsiya etilgan sana: 01.09.2023-03.09.2023
keng qamrovli tur uchun 1,8 million so‘mdan boshlab
BUXORO / Bukhara City Break
Bukhara City Break 3 - bu muhtasham Buxoroga qisqa, ammo hissiyotli sayohatning navbatdagi turi. Shovqinli qarindoshlar guruhi bilan yig‘ilib, tezyurar Afrosiyobga o‘tirib, Buxoroning diqqatga sazovor joylari tomon yo‘l olishdan yaxshiroq nima bo‘lishi mumkin?
Toshkentdan Buxoroga jo‘nash tavsiya etilgan sana:
08.09.2023-10.09.2023
keng qamrovli tur uchun 1,7 million so‘mdan boshlab.
Narxga kiritilgan:
• Nonushta asosidagi (BB) 3* mehmonxonalarda joylashuv
• Afrosiyob tezyurar poyezdiga temiryo‘l chiptalari
• Transfer: temiryo‘l vokzali - mehmonxona – temiryo‘l vokzali
Tur to‘plamlarni band qilishda maksimal qulaylik uchun Google Play va AppStoreʼdan Asialuxe Travel mobil ilovasini yuklab olishni tavsiya etamiz.
Keng qamrovli tur to‘plamar Asialuxe Travel savdo ofislarida va O‘zbekistondagi barcha sayyohlik agentliklarida mavjud.
Keng qamrovli tur to‘plamar, narxlar va parvoz shartlari bo‘yicha batafsil ma’lumotni kompaniya veb-saytida yoki quyidagi raqamlar orqali operatorlar yordamida olish mumkin: (+998) 71−211−22−22, (+998) 71−201−77−77.
Asialuxe Travel – sizning milliy turoperatoringiz
Veb-sayt: asialuxe.uz
Facebook: asia.luxe.travel
Instagram @asialuxe.travel
Telegram: https://t.me/Asialuxe
Telegramda qaynoq turlar: t.me/asialuxehottours
Reklama huquqi asosida