O‘zbek avtobozorida iste’molchilar istaklari tahlili: Kia brendi qaysi jihatlari bilan raqobatchilardan ajralib turadi?

Jamiyat 17:28 / 24.08.2023 22263

Yaqinda Kia’ning rasmiy distribyutori bo‘lgan Roodell kompaniyasi, o‘zbekistonlik iste’molchilar uchun texnik tavsiflari va narx siyosati bo‘yicha eng jozibador bo‘lgan Kia mahsulotini aniqlashga qaratilgan Car Clinic tadqiqot loyihasida ishtirok etdi. Bu brendning O‘zbekiston bozorida muvaffaqiyatli pozitsiyalanishi uchun muhim qadamdir.

Car Clinic – O‘zbekiston bozoridagi potensial avtomobil xaridorlari o‘rtasida fokus-guruhlar so‘rovnomalarini o‘tkazuvchi tadqiqot loyihasidir. Ushbu tadqiqot mijozlarning ehtiyojlari va umidlarini chuqurroq tushunish imkonini beradi va yangi modellarning qaysi asosiy xususiyatlari iste’molchilar uchun jozibali ekanligini aniqlash imkonini yaratadi. Shuningdek, mazkur avtomobilni sotib olayotganda iste’molchi uchun qaysi omillar va mezonlar muhimligi haqida ma’lumot olish muhimdir.

Car Clinic'nmng tadqiqot usuli bozorda distribyutorlikka ega avtomobil ishlab chiqaruvchilari uchun standart bo‘lib, kompaniyalarga o‘z mahsulotlarini mahalliy sharoit va talablarga moslashtirish imkonini beradi, bu esa mahsulotni bozorda muvaffaqiyatli pozitsiyalanishini ta’minlaydi. Olingan ma’lumotlar O‘zbekiston bozorida avtomobillarning raqobatbardoshligini oshirish va iste’molchilarning xohish-istaklarini qondirishga ham imkon beradi.

Aniqlashimizcha, gap bu safar, sotuvlarining boshlanishi 2024 yilning birinchi yoki ikkinchi choragida rejalashtirilgan yangi Kia'ning yangi modeli haqida ketmoqda. Yangi model ixcham krossover bo‘lib, respondentlarning fikriga ko‘ra, bizning bozorda yaxshi talabga ega bo‘ladi.

Rasmiy distribyutor vakillari bu haqda izoh berishdan bosh tortdilar, biroq brend o‘zbekistonlik iste’molchilarni hushnud etishda davom etishini aytib, yangiliklarni kuzatib borishni tavsiya qildilar. 

Ta’kidlash joizki, brend mamlakatimiz bozorida o‘z o‘rnini jadal ravishda egallab bormoqda, masalan, 2023 yilning yanvaridan iyunigacha bo‘lgan davrda Kia avtomobillarining sotuvlari 7 mingdan ortiq avtomobilni tashkil etdi va O‘zbekistonda brend uchun tarixiy maksimum darajaga yetdi.

Kompaniya O‘zbekistonda o‘zining dilerlik tarmog‘ini faol rivojlantirib, mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish va keng turdagi modellar qatorini taqdim etmoqda. Bundan tashqari, Kia brendi mijozlarni qondirish siyosatiga rioya qiladi va o‘z avtomobillari uchun turli moliyalashtirish va kafolat dasturlarini taklif etadi.

Kia avtomobillariga O‘zbekistonda talabning ortib borayotgani iste’molchilarning ushbu brendga va mahsulot sifatiga bo‘lgan ishonchidan dalolat beradi. Janubiy Koreyaning avtomobil ishlab chiqaruvchisi, xaridorlarning talablari va ehtiyojlaridan kelib chiqib rivojlanish va yangi modellarni taklif etishda davom etmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekiston avtosanoat bozoridagi raqobat yuqoriligicha qolmoqda va Kia bozordagi o‘z ulushi uchun kurashni davom ettirmoqda.

 Ma’lumot uchun: 55-500-13-31, www.kia.uz

Ko‘proq yangiliklar: