Bir kunda necha qadam va qancha vaqt piyoda yurish kerak?

Foto: Getty images
Piyoda yurish insonning umumiy salomatligi, jismoniy faolligini ushlab turishda oson, samarali usul hisoblanadi. Odam o‘ziga to‘g‘ri keladigan qadamlar sonini aniqlab olishi uning maqsadlari, turmush tarzi, sog‘lig‘iga bog‘liq. Xo‘sh, salomatlik va jismoniy holatni saqlab turish uchun piyoda qancha yurish kerak?
JSST tavsiyalari
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 18—64 yosh oralig‘idagilarga haftasiga o‘rtacha 150 daqiqa intensiv jismoniy faollikni tavsiya qiladi. Buni bemalol kunlik 30 daqiqadan haftaning 5 kuniga bo‘lib yuborish mumkin.
Bunday yondashuv orqali yurak-qon tomir tizimi mustahkamlanishi, turli kasalliklar rivojlanish xavfini kamaytirishga erishish mumkin. Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini saqlashga ham ko‘mak beradi.
Yuqori darajadagi intensiv jismoniy mashg‘ulotlar uchun esa haftasiga 75—150 daqiqadan kam bo‘lmagan vaqt ajratish tavsiya etiladi.
10 000 qadam normami?
Faollikni saqlab turish uchun «kuniga 10 000 qadam» konsepsiyasi mashhurlikka erishgan. Biroq bu hamma uchun birdek qat’iy norma hisoblanmaydi.
Qadamlar soni odamning boshlang‘ich faolligi, maqsadlari, jismoniy imkoniyatlariga bog‘liq bo‘lishi mumkinligini unutmaslik kerak. So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, salomatlikni saqlash uchun 10 000 qadam bosish shart emas, kamrog‘i ham yetarli.
Individual yondashuv
Odam o‘ziga kunlik qancha qadam kerakligini aniqlashda yuqorida ta’kidlanganidek, ehtiyoj va maqsadlardan kelib chiqish kerak.
Maqsad umumiy faollik, salomatlikni saqlash bo‘lsa, «haftasiga 150 daqiqa» tavsiyasiga amal qilish kifoya. Agar maqsad ozish, jismoniy holatni yaxshilash bo‘lsa, ko‘proq faollik joiz.
Sekin-asta ko‘paytirish
Agar doimiy piyoda yurish odat qilinsa, qadamlar sonini sekin-astalik bilan ko‘paytirib borish kerak. Birdan faollikni oshirib yuborish tez charchash, hatto jarohatlarga ham olib kelishi mumkin.
Kunlik yurishdan qanday foyda bor?
Kunlik qadamlar sonining ko‘payib borishi sog‘liq uchun qo‘shimcha foyda berishi mumkin. Jumladan, yurak kasalliklari xavfining kamayishi, vaznni me’yorda ushlash, mushaklar mustahkamligi va kayfiyatning ko‘tarilishiga sababchi bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Superliga. «Paxtakor» «Navbahor»ni mag‘lub etdi, «Dinamo»-«Nasaf» o‘yini durang bilan yakunlandi
Sport | 23:58 / 06.07.2025
-
Pokistonda 5 qavatli bino qulab tushdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:25 / 06.07.2025
-
Britaniya buyurtmalar yo‘qligi bois Eurofighter Typhoon qiruvchilarini ishlab chiqarishni to‘xtatdi
Jahon | 22:38 / 06.07.2025
-
Xitoy Putindan NATOga hujum qilishni so‘raydi - alyans bosh kotibi
Jahon | 22:07 / 06.07.2025
Mavzuga oid

21:14 / 08.01.2025
Kuniga 10 ming qadam yurganlarni rag‘batlantirish taklif etilmoqda

11:19 / 24.12.2024
Atigi ming qadam yurish depressiya xavfini kamaytirishi mumkin – tadqiqot

18:21 / 29.10.2024
SSV o‘zbekistonliklarga piyoda yurish foydalarini eslatdi

18:29 / 16.09.2021