Tadbirkorlar – yangi O‘zbekistonning tayanchi

Jamiyat 15:52 / 18.08.2023 16525

Tadbirkorlikni rivojlantirish mamlakatimiz iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Mazkur yo‘nalishni yanada rivojlantirish maqsadida yaratilgan shart-sharoitlar tufayli tadbirkorlar safi muttasil ortib bormoqda. Milliy yalpi ichki mahsulotning hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksportining salmoqli ulushini kichik va o‘rta biznes yaratmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlik faoliyatini soddalashtirish va eng qulay ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish bilan bog‘liq topshirig‘ini bajarish doirasida hamda tadbirkorlar kuni arafasida Milliy matbuot markazida 9 avgust kuni “O‘zbekekspertiza” aksiyadorlik jamiyati rahbariyatining O‘zbekistondagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tadbirkorlarga eksportchi korxonalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyatni takomillashtirish, soddalashtirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan islohot va o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 oktyabrdagi qaroriga muvofiq, “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3351-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 noyabrdagi “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4525-sonli Farmoniga muvofiq “O‘zbekekspertiza” AJning raqamlashtirish loyihasining amalga oshirilishi tadbirkorlar (arizachilar) uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqishning barcha bosqichlarini elektron formatga o‘tkazish orqali mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi.

“O‘zbekekspertiza” aksiyadorlik jamiyati sinov majmuasining kengaytirilishi, eng so‘nggi xorijiy asbob-uskunalarning xarid qilinishi mahalliy mahsulotlar, jumladan, eksportga yetkazib berilayotgan mahsulotlarning doimiy laboratoriya tadqiqotlari samaradorligini sezilarli darajada tezlashtirdi va sezilarli darajada oshirdi.

Xalqaro brendlarni import qiluvchilar reyestrining yaratilgani tadbirkorlarga brendli mahsulotlarni import qilishda qator qulayliklar yaratdi. Ushbu xizmat mamlakat rahbariyati, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining va “O‘zbekekspertiza” AJ bevosita ko‘magida amalga oshirildi.

“O‘zbekekspertiza” AJ faoliyatiga ISO 37001 xalqaro standartiga muvofiq korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimini joriy etish jarayonining boshlanishi esa Jamiyatda xalqaro standartlarga muvofiq korrupsiyaning oldini olish, aniqlash va unga qarshi choralar ko‘rish bo‘yicha maqbul va mutanosib qarorlar qabul qilishini namoyish etadi.

Muloqot davomida tadbirkorlar o‘zlarini qiynayotgan muammolar haqida gapirib, o‘z fikr va takliflarini bildirdilar. Har bir holat muhokama qilinib, “O‘zbekekspertiza” AJ tegishli bo‘linmasi rahbari tomonidan nazoratga olindi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona brokerlari assotsiatsiyasi, ommaviy axborot vositalari vakillari ham ishtirok etdi.

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: