Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nukusda metan zapravka qariyb 4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumanidagi metan zapravkalardan biri 3,85 mln kub metr gazdan noqonuniy foydalangan. Yetkazilgan zarar miqdori 3,8 mlrd so‘mdan ortiqqa baholangan.

Foto: Energetika vazirligi
Nukus tumanida joylashgan Max Gaz Servis MChJ tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» tomonidan Bosh prokuratura, «O‘ztransgaz» AJ va «Hududgazta’minot» AJ xodimlari bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida Nukus tumanida joylashgan Max Gaz Servis MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida o‘rnatilgan gaz sarfini o‘lchash kompleksiga tashqi ta’sir ko‘rsatilgani ma’lum bo‘lgan.
Mazkur noqonuniy holat natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 3 milliard 854 million 433 ming so‘m (3 million 854 ming 433 metr kub)ni tashkil etgan.
Ma’lumot uchun, ushbu hajmdagi tabiiy gaz 19 mingdan ziyod xonadonning bir oylik iste’molini tashkil qiladi.
Aniqlangan holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27
-
"Yashil" tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 15:19
-
Tramp Rossiya bo‘yicha «muhim bayonot» berishini aytdi
Jahon | 14:49
-
Reuters: AQSh Trampning buyrug‘i bilan birinchi marta Ukrainaga qurol yuboradi
Jahon | 14:46
Mavzuga oid

20:14 / 05.03.2025
Metan zapravkalar faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanadi

12:33 / 08.02.2025
Anorbank Energetika vazirligi va O‘ztransgaz binolarini sotib oldi

13:22 / 09.01.2025
Energetika vazirligida elektr quvvatlantirish stansiyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

19:23 / 24.12.2024