Qo‘qondagi Xudoyorxon o‘rdasi nega ijaraga berilmoqda - Madaniy meros agentligi izoh berdi

Jamiyat 11:39 / 17.08.2023 21995

Agentlik o‘z rasmiy munosabatida madaniy meros obektlari O‘zbekiston Respublikasining «Madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida» Qonuniga asosan ijaraga berilishini eslatgan.

Madaniy meros agentligi uzoq muddatga ijaraga berilgan madaniy meros obektlari 2023 yil 1 avgust holatiga 19 tani tashkil etishi ta’kidlangan.

Mazkur qonunning 23-moddasida Moddiy madaniy meros obektlariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etishning o‘ziga xos jihatlari belgilangan bo‘lib, moddiy madaniy meros obektining mulkdori o‘ziga qarashli bo‘lgan obekt yo‘qotilsa uning o‘rnini to‘ldirib bo‘lmasligi hamda uning tarixiy, madaniy yoki ilmiy ahamiyatini hisobga olgan holda, obektning ijarasi ijara shartnomasi asosida amalga oshirilishi, unda obektni saqlash talablari qayd etilgan bo‘lishi kerakligi nazarda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 18 oktyabrdagi 881-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Moddiy madaniy meros obektlaridan foydalanish tartibi to‘g‘risida» Nizomning 20-bandiga muvofiq davlat mulki hisoblangan obektni bir yilgacha bo‘lgan muddatga foydalanishga berish uni qisqa muddatda foydalanishga berish hisoblanadi.

Quyidagi faoliyat (xizmat) turlari uchun davlat mulki hisoblangan obekt qisqa muddatga foydalanishga berilishi lozim:

  • savdo faoliyati;
  • esdalik sovg‘alari va hunarmandchilik buyumlarini sotish;
  • kompyuter, nusxa ko‘chirish va internet xizmatlarini ko‘rsatish;
  • foto, video va ekskursiya xizmatlarini ko‘rsatish.

Ushbu nizomning 22-bandida 5 yildan 30 yilgacha bo‘lgan muddatga obektni ijaraga berish uni uzoq muddatga foydalanishga berish hisoblanadi.

Obektni uzoq muddatga ijaraga (foydalanishga) berish investitsiya majburiyatlarini olgan holda, obekt hududida turizm infratuzilmasi obektlari, shu jumladan joylashtirish vositalari joylashgan yoki barpo etiladigan obektlar berilishi mumkin.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 6 martdagi 53-sonli qarori bilan «Moddiy madaniy meros obektlarini va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash bo‘yicha investitsiya majburiyatlarini olgan holda ijaraga berish tartibi to‘g‘risida» Nizomning 8-bandiga asosan ijaraga berilgan obektlardan:

  • ko‘rgazma zallari;
  • mehmonxonalar;
  • alkogolli ichimliklar sotilmaydigan umumiy ovqatlanish shoxobchalari (choyxonalar, kafelar, oshxonalar, restoranlar);
  • hunarmandchilik markazlari (o‘ymakorlik, tikuv, qo‘lda bajariladigan to‘quv ishlari, ganchga, daraxtga naqsh o‘yish, esdalik sovg‘alari tayyorlash), badiiy-ijodiy ustaxonalar;
  • savdo faoliyati (alkogolli ichimliklar sotilmaydigan);
  • esdalik sovg‘alari va hunarmandchilik buyumlari sotish;
  • kompyuter, nusxa ko‘chirish va internet-xizmatlar, fotosalonlar;
  • idoralar, agentliklar, turizm byurolari;
  • sport zallari, kinoteatrlar;
  • banklar, pochta xizmatlari punktlari, avia va temiryo‘l kassalari, maishiy texnikaga servis xizmati ko‘rsatish punktlari;
  • modalar atelesi, go‘zallik salonlari, namoyish qilish zallari;
  • kutubxonalar, anjumanlar zallari, muzeylar, bolalar to‘garaklari, chet tillar kurslari tashkil etish maqsadida foydalanish mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 6 martdagi 53-sonli qarori bilan uzoq muddatga ijaraga berilgan madaniy meros obektlari 2023 yil 1 avgust holatiga 19 tani tashkil etadi.

Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 8 apreldagi 102-sonli hamda 2019 yil 18 oktyabrdagi 881-sonli qarorlari talablari asosida respublika hududida joylashgan davlat mulki bo‘lgan madaniy meros obektlari ijaraga berilgan. Shundan, 2023 yil 1 yanvardan 2023 yil 1 avgust holatiga ko‘ra 544 ta ijara shartnomasi tuzilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, muhokamaga sabab bo‘lgan «Xudoyorxon o‘rdasi» madaniy meros obektini ijaraga berish yuzasidan berilgan e’lon bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilingan:

O‘zbekiston prezidentining 2022 yil 27 maydagi «Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-261-sonli qarorining 6-ilovasi 5.1-bandida «Muzeylarda sovg‘alar (suvenir) do‘koni, hunarmandlar ustaxonasi va savdo shoxobchalarini tashkil etish hamda ularda muzey ashyolari va kolleksiyalari nusxalari — suvenir mahsulotlari savdosini yo‘lga qo‘yish» qarorning 6-ilova 9.2-bandida Muzeylar va ularning hududlarida bosqichma-bosqich «Muzey-restoran» yoki «Muzey-kafe»lar tashkil etish vazifasi belgilangan.

Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘qon shahar G‘ishtko‘prik MFY, Istiqlol ko‘chasi, 2-uyda joylashgan «Xudoyorxon o‘rdasi» binosining 40,23 metr kvadratdan iborat bo‘sh turgan qismini Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 8 apreldagi 102-sonli hamda 2018 yil 16-iyundagi 454-sonli qaroriga asosan belgilangan tartibda e’longa chiqarilgan.

Ko‘proq yangiliklar: