Qo‘qon shahrida olib qochilgan Nexia-2 pachoqlangan holda topildi
Mashinani olib qochganlar ushlangan. Viloyat IIB ulardan jabrlangan fuqarolar bo‘lsa murojaat qilishni so‘ramoqda.

Foto: IIB axborot xizmati
2024 yil 5 yanvar kuni Qo‘qon shahrida yashovchi fuqaroga tegishli Nexia-2 mashinasi Qo‘qon shahar Sarboz ko‘chasidan olib qochilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida mazkur jinoyatni Qo‘qon shahrida yashovchi, 23 yoshli Sh.S. va 20 yoshli A.S. sodir etgani aniqlanib, ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Fuqarolarimizdan avtomashinalarini ochiq va qarovsiz qoldirmasliklarini va yuqoridagi shaxslardan jabrlangan fuqarolar bo‘lsa, IIOga murojaat qilishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

15:40 / 15.02.2025
Qo‘qonda “oshkora qotillik”: ko‘pyillik chinor kuppa-kunduzi kesib ketildi

17:45 / 23.11.2024
“Kamerani ko‘rib, bemorlarni tarqatib yuborishdi” – muxbirlar farg‘onalik tabib ko‘chasiga kiritilmadi

16:04 / 21.12.2023
Farg‘onada xonadonida 1 kilo opiy saqlab kelgan shaxs qo‘lga olindi

09:59 / 19.11.2023