21−26 avgust kunlari Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida issiq suv bo‘lmaydi
IM-2 qozonxonasida olib boriladigan ta’mirlash ishlari munosabati bilan 21−26 avgust kunlari Mirzo Ulug‘bek tumanidagi qator ko‘chalarda issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi.

Foto: Veolia Energy Tashkent
Veolia Energy Tashkent kompaniyasi 21−26 avgust kunlari IM-2 qozonxonasida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli issiq suv o‘chirilishini ma’lum qildi.
Isitish mavsumiga tayyorgarlik doirasida zulfinlarni almashtirish, 2-IMning ikkilamchi elektr ta’minoti tizimini tekshirish va sozlash, jihozlarni demontaj qilish va o‘rnatish, shuningdek, qozonxonaga tutash magistral tarmoqlardagi ishlarni amalga oshiradi.
«Ko‘p ishlarni qozonxonani o‘chirmasdan turib amalga oshirish mumkin emas», deyiladi kompaniya xabarida.
Shu sababli Mirzo Ulug‘bek tumanining Qorasuv 1, 2, 3, 4, 6, 2-Bo‘z va Feruza dahalarida, Do‘rmon yo‘li, Mingbuloq, Temur Malik, So‘fizoda, Mirzo Ulug‘bek va Sho‘rtepa ko‘chalarida issiq suv ta’minoti bo‘lmaydi.
Issiq suv ta’minoti 26 avgust kuni tushgacha tiklanishi va’da qilingan.
Mavzuga oid

20:45 / 23.01.2025
Finlandiyada issiq suvni saqlovchi ulkan omborlarni qurish boshlandi

21:18 / 07.01.2025
Toshkent viloyatida issiq suv va isitish ta’minoti narxi oshiriladi

11:42 / 27.12.2024
Mirzo Ulug‘bek tumanida Nexia-3 va Captiva to‘qnashdi

17:12 / 07.12.2024