Sirdaryo tuman DXM markazi shu’ba boshlig‘i jinoyat ustida ushlandi
U kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga oldindan 1,2 mln so‘mni tanishining plastik kartasiga o‘tkazgan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda Sirdaryo tuman Adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi shu’ba boshlig‘i jinoyat ustida ushlandi.
Qayd qilinishicha, shu’ba boshlig‘i M.B. fuqaro Sh.U. ishonchiga kirib, unga 1,4 mln so‘m evaziga yashash xonadoni kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytgan. So‘ngra, oldindan 1,2 mln so‘mni tanishining plastik kartasiga o‘tkazib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

11:53 / 10.03.2025
Ozodlikdan mahrum qilingan 20 ming kishi, 4 barobarga oshgan talon-torojlar – jinoyatchilik statistikasi

16:53 / 28.02.2025
Sirdaryoda uch egizak tug‘ildi

17:42 / 27.02.2025
Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

18:10 / 25.02.2025