Qaysi omillar keyingi oylarda narx-navo oshishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin? – MB inflyatsion kutilmalarni e’lon qildi

Iqtisodiyot 16:49 / 11.08.2023 30112

Markaziy bank iyul oyi uchun aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining inflyatsion kutilmalari bo‘yicha malumotlarni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, aholining inflatsiya bo‘yicha kutilmalari 0,3 foiz bandga pasayib, 13 foizni tashkil qilgan.

Aholi kelgusida narxlar oshishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi deb hisoblaydi:

  • valuta kursi o‘zgarishi (59 foiz);
  • yoqilg‘i va energiya narxlarining qimmatlashishi (36 foiz);
  • narxlarning sun’iy oshirilishi (32 foiz).
  • ish haqi va nafaqalarning oshishi (32 foiz);
  • kommunal xizmatlarning qimmatlashishi (32 foiz).

Tadbirkorlik sub’yektlarining inflyatsion kutilmalari

Iyul oyi yakunlari bo‘yicha kelgusi 12 oy uchun narxlar o‘sishiga oid respondent tadbirkorlik sub’yektlarining kutilmalari 13,5 foizni tashkil qilib, o‘tgan oyga nisbatan 0,3 foizga oshgan.

Biznes vakillari narxlar oshishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi deb hisoblaydi:

  • valuta kursining o‘zgarishi (60 foiz);
  • yoqilg‘i va energiya resurslarining qimmatlashishi (37 foiz);
  • ish haqi va nafaqalarning oshishi (33 foiz);
  • kommunal xizmatlarning qimmatlashishi (29 foiz).

Ko‘proq yangiliklar: